Melburn: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Melburn''' — Avstraliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Viktoriya shtatining maʼmuriy markazi. Port-Fillip qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1999); aholisining soni boʻyicha mamlakatda Sidneydan keyin 2-oʻrinda. Shaharga 19-a.ning 30-y.larida asos solingan va Buyuk Britaniya bosh vaziri nomi bilan M. deb atalgan. 1901—27 y.larda Avstraliya Ittifoqi poytaxti.
 
M. — mamlakatning muhim sanoat, savdomoliya va madaniyat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning eng katta porti (yillik yuk ortib-tushirish 20 mln. t); chetga gʻalla, un, goʻsht, jun, meva chiqariladi, chetdan fosforit, neft keltiriladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: kemasozlik va kema taʼmirlash, avtomobilsozlik, stanoksozlik, q.x. mashinasozligi, toʻqimachilik, oziqovqat va koʻn-poyabzal. Neftni qayta ishlash, harbiy z-dlarzavodlar bor. Shahar yaqinida qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. Un-t, Viktoriya Milliy muzeyi, Milliy galereya, Viktoriya kutubxonasi, konservatoriya, rasadxona, botanika bogʻi va b. bor. M.da 1956 y.da 16-Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==