Meʼmorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 7:
Klassik orderlar — ustunlar tizimi asosida keng koʻlamda murakkab meʼmoriy ansambllar, majmualar, katta shaharlar bunyod etildi. Klassik M. qonunqoidalari yangi zamon sharoitida noyob va nafis kompozitsiyalar yaratish im-koniyatiga keng yoʻl ochib berdi.
 
Oʻrta asrlar meʼmorligida 16-a. urtalaridan boshlab barokko uslubi keng tarqaldi. Binolar har jihatdan bezakdor boʻlishiga alohida eʼtibor berildi. Keyinroq (17—19-a.lar) hashamatli bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va Renessans meʼmorligi tamoyillari erishgan yutuklaridan ijodiy foydalanish natijasida klassitsizm uslubi paydo boʻldi. Ayniqsa, Gʻarbiy Yevropa shaharlarida klassitsizm ruhidagi ajoyib meʼmoriy ansambllar yaratildi. 19-a.ning 1-yarmi va 20~a.ning boshlarida sanoatning rivojlanishi yangi tipdagi meʼmoriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fka, z-dzavod, elektrostansiya, vokzal, elevator kabi sanoat binolari paydo boʻldi. Ayniqsa, metall, temir-beton konstruksiyalari va b. yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va b.) M. imkoniyati ufqlarini baland koʻtardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmonoʻpar baland, koʻp qavatli binolar tiklash imkonini yaratdi. Binolar standart va takrorlanuvchi (tipovoy) qismlar asosida yigʻilib, ni-hoyatda tez fursatda kurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar M.da yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funksionistlar (AK.Sh da F. Rayt va b.) binoning goʻzalligi, uning shakli va funksiyasining uzviyligi, konstruksiyaning nafis, materiallarini tabiiy boʻlishiga bogʻliq deb taʼkidlasalar, boshqa bir guruh meʼmorlar (Germaniyada V. Gropius va b., "Bauxauz" ijodiy markazi) umuman yangi zamon meʼmorligida bezakdorlikka oʻrin yoʻq, deb eʼlon qilishdi. Qurilish texnikasi yutuq va imkoniyatlariga koʻproq eʼtibor berib, M.ning gʻoyaviybadiiy, hatto goʻzallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida konstruktivizm oqimi paydo boʻldi. Ijodiy okimning koʻpligi M. obʼyektlari koʻrinishida oʻz ifodasini topdi. Keyingi yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik sanʼati misli koʻrilmagan miqyosda oʻsib ketdi, ajoyib, goʻzal, zamonaviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda. Hoz. zamon M.gida ilgari tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, yaʼni meʼmoriy sanʼatda chegara bilmas baynalmilal ruh va shaklushamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun ham M.da milliylik muammosi yana diqqat eʼtiborni tortmoqda. Binobarin M., shaharsozlik, bogʻsozlik sanʼatlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo meʼmoriy merosini oʻrganishga qaratilgan, ilgʻor meʼmorlik tajribalar ijodkor meʼmor, rassom, talabalar saviyasini oshirish uchun xizmat qilmoqda. M. olamidagi odatga koʻra, tarixiy kitoblar, asosan, qad. dunyo — Misr, Yunoniston, Rim va oʻrta asrlardagi Yevropa davlatlari M.gini kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, Arabiston kabi qad. madaniyat markazlari M.gi nisbatan kam oʻrganilgani uchun, ularning xalqaro taʼsiri bir oz cheklanganday koʻrinadi. Jumladan, Markaziy Osiyo M.gi, xususan, Oʻzbekiston M.gi ham mutaxassislar tadqiqotida endigina yuz ochmoqda.
 
Oʻzbekiston M.gi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qad. madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qoʻyqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʻoki Attori, Chashmai Ayyub, Poyi kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjidmadrasa va b.) bilan dunyoga tanilgan. Oʻzbekiston M.gi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Amir Temur va temuriylar davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʻlib qolgan, "er yuzining sayqali" Samarqand, "bilim va odob gumbazi" Kesh — Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼyehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʻksaroy koʻshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʻk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki — Ishratxona, Chilustun koʻshki, kichik Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Shamol, Bogʻi Chi-nor kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur bilan kirib kelganini hind sanʼatshu-noslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga te-muriy bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda M. bilan bogʻliq ilm-fan risolalari yaratilgani eʼti-borni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida M.dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan boʻlsa, Ulugʻbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, M.ka doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-a.da Buxorodagi xalq meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʻzFASHI fondida). Hoz. zamon M.gida keng qoʻllanilayotgan modul tizimi oʻzbek meʼmorligida miqyos nomi bilan qadimdan maʼlum.