Namangan tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 9:
Aholisining aksari qismi oʻzbeklar (98,6%), shuningdek, tojik, kirgiz, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1km2 ga oʻrtacha 683 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 13,7 ming kishi, qishloq aholisi 157,2 ming kishi (2003).
 
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi aso-san, q.x.ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari ham fa-oliyat koʻrsatadi. Paxtachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, gʻallachilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. "Mirishkor" qoʻshma korxonasi, paxta to-zalash z-dizavodi, kichik va xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari ishlab turibdi. Q.x.ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Tumanda 13 xoʻjalikda paxta yetishtiriladi, ipakchilik bilan shugʻullanuvchi va sabzavot yetishtiruvchi shirkat xoʻjaliklari ham bor. 315 fermer xoʻjaligi 3730 ga yer maydonida faoliyat koʻrsatadi. Shulardan 114 tasi paxtachilik, 35 tasi gʻallachilik, 47 tasi sabzavotchilik, 78 tasi bogʻdorchilik, 41 tasi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Ushbu fermer xujaliklarida 2316 kishi ishlaydi (2003).
 
2001/2002 oʻquv yilida 42 umumiy taʼlim maktabida 43 ming oʻquvchi, 3 ta q.x., sanoat va maxsus iqtisodiy kollej, maxsus iqtisodiy litseylarda 1700 dan ortiq oʻquvchi taʼlim oldi. Bolalar musiqa maktabi bor. Tuman madaniyat saroyi qoshida ashula va raqs ansambli, "Boʻston" folklor etno-grafik ansambli faoliyat koʻrsatmoqda. Tumandagi "Yosh texniklar" maskani jamoasi barcha tanlovlarda gʻolib chiqqan. Tumanda markaziy kutubxona, uning 35 ta filiali, madaniyat saroyi va 12 ta madaniyat uylari mavjud.