Oltoy Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 16:
Tarixi. O. hududida qadimdan odam yashagan. Quyi va yuqori paleolit davrlariga oid manzilgohlar (Ulalinka, U-Kan) topilgan. Bu yerlardan hunnlar, turk qabilalari, uygʻurlar, Enasoy qirgʻizlari, qoraxitoylar, moʻgʻullar oʻtgan. 13-a. boshlarida O. hududi Moʻgʻullar davlatiga tobe boʻlgan. 1756 y.da oltoylar Rossiya fuqaroligiga olingan. Aholi chor-vachilik, ovchilik bilan shugʻullangan. 1918 y. yanv.— martda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yil iyunida oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920 y. apr.da shoʻrolar hokimiyati qayta tiklandi. 1922 y. 1 iyunda RSFSR tarkibida Oyrot mux-tor viloyati tashkil etildi. 1948 y. 7 yanv.da u Togʻli Oltoy muxtor viloyatiga aylantirildi, uning markazi — Oyrot-Tura sh. esa, Gorno-Altaysk deb ataldi. 1991 y.da respublika maqomini oldi va 1992 y. maydan O. Respublikasi deb atala boshladi.
 
Xoʻjaligi. Sanoatining muhim tarmoqlari: oziq-ovqat, yengil sanoat, oʻrmon va yogʻochsozlik, konchilik, qurilish materiallari sanoati va b. Gorno-Altaysk sh.da goʻsht, yogʻ-pishloq, sut, tikuvchilik, poyabzal korxonalaridan tashkari tajriba yogʻochsozlik k-ti, samovar, temir-beton buyumlari, avtomobil taʼmirlash z-dlarizavodlari bor. Maysk va Talon shaxdrchalaridagi ruda konlarida oltin kazib olinadi. Chemal GES qurilgan.
 
Q.x.ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. Koʻy, echki, qoramol, oltoy otlari va togʻli dasht joylarda qoʻtos, shoxidan doridarmon olinadigan bugʻular (maral va xoldor bugʻular), Chuya vodiysida tuyalar boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Tiyin, oq sichqon, tulki, kolonok, sobol, norka kabi moʻynabop jonivorlar ovlanadi. Togʻ oraligʻi va dare vodiylarida dehqonchilik qilinadi: suli, arpa, makkajoʻxori, kungaboqar, oʻtlar ekiladi. Bogʻdorchilik bir-muncha rivojlangan.