Orissa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Orissa''' (oriya xalqi nomidan) — Hindistonning sharqiy qismidagi shtat (1947 y.dan). Mayd. 156 ming km2. Aholisi 36,7 mln. kishi, aksari kis-mi oriyalar. Maʼmuriy markazi — Bxubaneshvar sh. Shtatning katta qismi Dekan yassi-togʻligida (oʻrtacha bal. 200—700 m). Jan.da Sharqiy Gattogʻlari (bal. 1000— 1500 m) bor. Sharqi Bengaliya qoʻltigʻi-gatutash. Sohili pasttekislik. Iklimi subekvatorial mussonli iklim. Yillik oʻrtacha t-ra 18—25°. Yillik yogʻin 1500 mm gacha. Togʻ yon bagʻirlari tropik oʻrmonlar, sohillari qisman mangra oʻrmonlari bilan qoplangan.
 
O. — sanoati rivojlanib borayotgan agrar shtat. Aholisining katta qismi q.x.da band. Haydashga yarokli yerlarning 57% dan foydalaniladi, shundan 15% sugʻoriladi. Sholi, shuningdek, tariq, shakarqamish, jut, bir oz paxta va b. ekinlar ekiladi. Sohilga yaqin suvlardan baliqovlanadi. Energetika resurslaridan deyarli foydalanilmaydi. Marganets, temir va xrom rudalari qazib olinadi. Qora metallurgiya va mineral oʻgʻitlar, alyuminiy z-dlarizavodlari, kabel va prokat ishlab chikaruvchi korxonalar, ferromarganets, sement z-dlarizavodlari bor. Hunarmandchilikda badi-iy buyumlar i.ch. rivojlangan.
 
Qadimda O. hududi oʻrnida Kalinga davlati boʻlgan. 16-a.gacha O. turli davlatlar tarkibida boʻlib keldi. 1576 y.da O.ni Boburiylar egallagan. 1803 y. da Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olgan. 1817—18 y.larda O. hududida ingliz mustamlakachilariga kar-shi katta qoʻzgʻolonlar boʻlgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>