Saxa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 17:
Xoʻjaligi. Konchilik va i.ch. sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Umumrossiya va jahon bozoriga noyob xom ashyo — mamont suyagi va bugʻu shoxi yetkazib beradi. 1990—2000 y.larda yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 53,5%, q.x.ningulushi 2,9%, qurilishning ulushi 4,1%, transportning ulushi 3%, savdoning ulushi 7,1% boʻldi. Barcha korxonalarning 65,3% xususiy, 11,5% davlatga qarashli.
 
Sanoatning asosiy tarmoklari: rangli metallurgiya (sanoat i.ch. umumiy hajmining 77,4%), yoqilgʻi (10,3%), elektr energetika (7,4%), oziq-ovqat (2,2%), oʻrmon, yogochsozlik va sellyulozaqogʻoz (0,7%), binokorlik materiallari sanoati (0,6%), mashinasozlik va metall ishlash (0,4%), yengil sanoat (0,2%). Energetika mahalliy kumir, tabiiy gaz, gidroenergiya zaxiralari va keltirilgan neft asosida ishlaydi (Vilyuy GES, Yakutiya, Neryungri va Chulman GRESlari). Konchilik sanoatida olmos, oltin, qalay, surma, simob, volfram, koʻmir qazib olinadi. Jatay shaharchasida kemasozlik va kema taʼmirlash z-dizavodi, Lena va Olyokma tumanlarida oʻrmon sanoati rivojlangan.
 
Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 27,8% dehqonchilikka, 72,2% chorvachilikka toʻgʻri keladi. S. hududining taxm. 900 ming gadan foydalaniladi. Bu yerlarning asosiy qismi pichanzor va yaylov, 1/10 qismi haydaladi. Chorvachiligida qoramol, ot, bugʻu boqiladi, moʻynabop darrandachilik va ovchilik (olmaxon, tulki, oq suvsar, ondatra, oq kuyon, sobol boqish va ovlash) rivojlangan; baliq ovlanadi. Dehqonchilikda gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli), kartoshka, sabzavot ekiladi. Transport ning barchaturlari mavjud. T.y. uzunligi — 165 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 7190 km. Ichki suv yoʻllari uz. — 11,7 ming km. Lena va Kolima daryolari quyilish joyida 2 ta dengiz porti (Tiksi va Zeleniy Mis), Yakutskda xalqaro aeroport, Taas—Tumus—Yakutsk—Pokrovsk gaz quvurlari bor. Shim. dengiz yoʻli boʻylab kemalar qatnaydi.