Sement sanoati: Versiyalar orasidagi farq

k
imlo
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (imlo)
'''Sement sanoati''' - qurilish ma-teriallari sanoatining eng yirik tarmogʻi. Portlandsement, putssolan portlandsementi, toshqol portland-sementi, shifer, asbotsement quvurlar, ganch, gil va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Sement dastlab 1824 y.da Angliyaning jan.dagi Portlend sh. yaqinida ("portlandsement" nomi shundan) ingliz ixtirochisi J.Asp-din tomonidan maʼlum nisbatlarda qoʻshilgan ohak va tuproq aralashmasi-ni kuydirib olingan. 19-a.
 
ning 30-y.la-ridan boshlab Bukj Britaniya, AQSH, Rossiya, Germaniyada sement z-dlarizavodlari qurila boshladi. 19-a.ning 70-y.
 
lariga kelib sement jahon qurilish texnikasi rivojlanishining asosiy yoʻnali-shini belgilab, yigma temirbetonning kashf etilishiga olib keldi. 20-a. davomida jahonning rivojlangan mam-lakatlarida S.s. yuqori surʼatlarda oʻsdi va sement i.ch.ning umumiy hajmi 1500 mln. t ni tashkil etdi (1998). Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan Xilkovo (hoz. Bekobod) sement z-dizavodi 1913 y.dan qurila boshlagan. 1926 y.da korxona qayta ishga tushiriddi. 1932 y.da Quvasoy sement z-didazavodida turli marka-dagi sementlar ishlab chiqarila boshladi. 50-y.lardan bu korxonalar kengaytirilib, k-tlarga aylantirildi, ularda sementdan tashqari shifer, ohak, asbotsement quvurlarni i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Xalq xoʻjaligining sementga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadlarida 1962 y.da yillik quvvati 1,7 mln. t boʻlgan Ohangaron sement k-ti, 1976 y.da yillik loyiha quvvati 3,4 mln. t boʻlgan Navoiy sement k-tining 1-navbati (yillik quvvati 1150 ming t) ishga tushirildi. 70-y.lar oʻrtalariga kelib S.s.da 3536 ming t turli markadagi sement ishlab chiqarildi.
 
90-y.lar oʻrtalaridan tarmoq korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, chet el texnologiyalari bilan jihozlandi. "Ohangaron-sement" aksiyadorlik jamiyati huzurida "Ohangaron rangli sement" Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi (1995). "Qizilqumse-ment" aksiyadorlik jamiyati (sobiq Navoiy sement z-dizavodi)da i.ch. quvvatla-rini toʻliq ishga solish tadbirlari amalga oshirildi. Oʻzbekistan S.s.da gidrotexnika va yer osti inshootlari qurishda yuqori namlik va muzlash sharoitlarida ish-latiladigan, sulfat kislotaga chidamli M400 va M500 markali portlandsement, avtomobil yoʻllari va aeroportlar qurilishida ishlatiladigan portlandsement, neft va gaz quduqlarini burgʻulashda ishlatiladigan tamponaj sementi, shuningdek, putssolan sementi, ohak va may-dalangan ohak, shifer, qurilish gan-chi, mineral paxta va b. ishlab chiqariladi. 2003 y.da Oʻzbekiston S.s. korxonalarida 4062,5 ming t sement, 313,7 mln. dona shartli shifer taxtalari ishlab chiqarildi (2002 y.da tegishlicha 3926,7 ming t sement; 298,8 mln. dona shartli shifer taxtalari). Respublika S.s. korxonalari mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. Xorijiy mamlakatlardan AQSH, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Fransiya sement i.ch. boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Nuriddin Musayev.
 
{{stub}}
516 159

ta tahrir