Smolensk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Smolensk''' — RFdagi shahar. Smolensk viloyati markazi. Dneprning har ikkala sox.ilida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 355,9 ming kishi (1998). 862 y.dan savdo va hunarmandchilik markazi sifatida maʼlum. 882 y.dan Kiyev Rusi tarkibida, 12-a.dan Smolensk knyazligining markazi. 1404—1514 ylarda Litva knyazligi, soʻngra Moskva davlati tarkibida, 1609—67 y.larda Polsha tasarrufida boʻlgan. 1667 y.da Andrusov sulhi boʻyicha Rossiyaga berilgan. 1708— 19 va 1796—1929 y.larda Smolensk gubernyasi, 1776—96 y.larda Smolensk noibligi markazi. 1812 y.da Smolensk yonida rus qoʻshinlari bilan Napoleon qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. 1941—43 y.larda S. atrofida nemisfashist qoʻshinlari bilan shiddatli janglar olib borilgan. 2-jahon urushi davrida S. butunlay vayron qilingan. Urushdan soʻng shahar qaytadan tiklangan. S.ga qahramon shahar unvoni berilgan.
 
Mashinasozlik (avtomatlashtirish vositalari, hisoblash mashinalari, elektr lampalar, sovitkichlar va b.), yengil (trikotaj, zigʻir, poyabzal), oziqovqat sanoatlari rivojlangan. "Kristall" z-dizavodi (brilliantlarga sayqal berish), olmos asboblarni i.ch. korxonasi mavjud. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr; Smolensk zigʻiri muzeyi, ST. Konyonkov nomidagi haykaltaroshlik muzeyi, tarixiy va meʼmoriy-badiiy muzeyqoʻriqxonasi, badiiy galereya bor.
 
Qad. meʼmoriy yodgorliklardan Pyotr va Pavel (1146), Ioann Bogoslov (12-a.), Mixail Arxangel (1191—94) cherkovlari, Uspeniye sobori (1677—79), Kreml (16-a. — 17-a. boshlari) saqlangan. "Motamsaro ona" haykali (1965), "Mangulik qoʻrgʻoni" memoriali (1970) oʻrnatilgan.