Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

k
xulosa tahrirlanmadi
 
== Taniqli oʻzbek surnaychilar ==
Oʻzbekistonda surnay ijrochiligida, asosan, 2ikki (Fargʻona-Toshkent va Xorazm) yoʻnalishi mashhur boʻlib, bir necha mahalliy markazlar mavjud boʻlgan; Andijon (Buloqboshi)dan Hojimat mehtar, [[Rustam mehtar Yusufalizoda]], [[Ashurali mehtar]], O.[[Odilbek Rustamov]] va boshqalar, Fargʻonadan Otajon surnaychi, Qoʻqondan Hamroqul surnaychi, [[Ahmadjon qoʻshnay UmrzoqovQoʻshnay]] va boshqalar, Toshkentdan Ubaydullayevlar, Mirzayevlar, Sobirovlar sulolalari va boshqalar, Xivadan Sariq mehtar, Bobojon surnaychi, Xudoybergan Qurbon, keyingi paytda Y. Tojiyev, M. Matyoqubov va boshqalar tanilgan.
 
== Ishlatilishi ==
Surnay [[karnay]], [[nogʻora]] yoki [[doyra]] joʻrligida ommaviylashgan maxsus ansamblni tashkil qilib, milliy anʼanaviy tomoshalarda, („Surnay yoryori“), dorboz, [[qoʻgʻirchoqboz]] oʻyinlarida („Duchava“, „Dor oʻyin“, „Ufarlar“, Xorazmda „Qum pishigʻi“, „Toʻrgʻay“, „Zuvoniy“, „Rotollo“ va boshqalar), turli marosim, yigʻin va sayillarda, raqslarda („Shodiyona“, „Katta oʻyin“, „Dilxiroj“, „Tanavor“, „Munojot“, Xorazmda „Orazibon“, „Norimnorim“, „Yelpasalandi“ va, ayniqsa, „Surnay lazgisi“) keng qoʻllaniladi. Surnay yakkanavoz cholgʻu sifatida ham mashhur. Ijro imkoniyatlarining boyligi va oʻziga xos xususiyatlarga egaligi tufayli unda chalinadigan kuylar alohida ajralib turadi. Shashmaqomdagi Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari shoʻbalari asosida yaratilgan surnay yoʻllari „Surnay Buzrugi“, „Surnay Navosi“, „Surnay Orazi“, „Surnay Dugohi“ (savt va ufari bilan) gʻoyat sevimlidir. „Mushkiloti Segoh va Ufari“, „Surnay Irogʻi“ kabi kuylarning koʻpchiligi yirik turkumli asarlardir. Ayniqsa, Navo maqomining surnay yoʻllari keng tarqalgan boʻlib, asosan, nikoh toʻylarida ijro etiladi. Xorazmda surnay uchun maxsus surnay maqomlari mavjud boʻlib, ular [[Tanbur]] chizigʻida oʻz aksini topgan („Muhammasi Rost“, Navo maqomidan „Peshrav zanjiri“, „Ufari Navo“ va boshqalar), lily yerda, shuningdek, maqom yoʻllari negizida yaratilgan mumtoz kuylari ham mashhur („Nadramaddin“, „Birollayim“ va boshqalar).
 
Surnay hozirda anʼanaviy va baʼzi milliy estrada ansambllari, xalq cholgʻu asboblari [[orkestr]]larida ishlatilmoqda. Oʻzbekiston kompozitorlaridan A.[[Aleksey Kozlovskiy]] („Lola“ syuitasi), Sayfi Jalil (1simfoniyasi), M. Tojiyev (4 va b. simfoniyalari) va boshqalar surnayning oʻziga xos tembrini simfonik orkestri vositalari yordamida yetuk badiiy mavkeda ifoda etganlar. Surnayga yaqin sozlar Kavkaz (ozarbayjon, arman va boshqa) xalqlari va turklarda ''zurna'', [[Xitoy]]da ''sona'', [[Hindiston]]da ''shexnay'' deb ataladi.
 
== Havolalar ==