Surnay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 17:
 
== Ishlatilishi ==
Surnay [[karnay]], [[nogʻora]] yoki [[doyra]] joʻrligida ommaviylashgan maxsus ansamblni tashkil qilib, milliy anʼanaviy tomoshalarda, („Surnay yoryori“yor-yori“), dorboz, [[qoʻgʻirchoqboz]] oʻyinlarida („Duchava“, „Dor oʻyin“, „Ufarlar“, Xorazmda „Qum pishigʻi“, „Toʻrgʻay“, „Zuvoniy“, „Rotollo“ va boshqalar), turli marosim, yigʻin va sayillarda, raqslarda („Shodiyona“, „Katta oʻyin“, „Dilxiroj“, „Tanavor“, „Munojot“, Xorazmda „Orazibon“, „Norimnorim“, „Yelpasalandi“ va, ayniqsa, „Surnay lazgisi“) keng qoʻllaniladi. Surnay yakkanavoz cholgʻu sifatida ham mashhur. Ijro imkoniyatlarining boyligi va oʻziga xos xususiyatlarga egaligi tufayli unda chalinadigan kuylar alohida ajralib turadi. Shashmaqomdagi Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari shoʻbalari asosida yaratilgan surnay yoʻllari „Surnay Buzrugi“, „Surnay Navosi“, „Surnay Orazi“, „Surnay Dugohi“ (savt va ufari bilan) gʻoyat sevimlidir. „Mushkiloti Segoh va Ufari“, „Surnay Irogʻi“ kabi kuylarning koʻpchiligi yirik turkumli asarlardir. Ayniqsa, Navo maqomining surnay yoʻllari keng tarqalgan boʻlib, asosan, nikoh toʻylarida ijro etiladi. Xorazmda surnay uchun maxsus surnay maqomlari mavjud boʻlib, ular [[Tanbur]] chizigʻida oʻz aksini topgan („Muhammasi Rost“, Navo maqomidan „Peshrav zanjiri“, „Ufari Navo“ va boshqalar), lily yerda, shuningdek, maqom yoʻllari negizida yaratilgan mumtoz kuylari ham mashhur („Nadramaddin“, „Birollayim“ va boshqalar).
 
Surnay hozirda anʼanaviy va baʼzi milliy estrada ansambllari, xalq cholgʻu asboblari [[orkestr]]larida ishlatilmoqda. Oʻzbekiston kompozitorlaridan [[Aleksey Kozlovskiy]] („Lola“ syuitasisuitasi), Sayfi Jalil (1simfoniyasi1 simfoniyasi), M. Tojiyev (4 va b.boshqa simfoniyalari) va boshqalar surnayning oʻziga xos tembrini simfonik orkestri vositalari yordamida yetuk badiiy mavkedamavqeda ifoda etganlar. Surnayga yaqin sozlar Kavkaz (ozarbayjon, arman va boshqa) xalqlari va turklarda ''zurna'', [[Xitoy]]da ''sona'', [[Hindiston]]da ''shexnay'' deb ataladi.
 
== Havolalar ==