Tor (cholgʻu asbobi): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Clean-up
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Image:iranian tar.jpg|thumb|right|100px|Tor]]
'''Tor''' — [[noxun (musiqa)|noxun]] (mediator) bilan chertib chalinadigan [[musiqa asbobi]]. [[Eron]], [[Kavkaz]] va [[Oʻrta Osiyo]]da keng tarqalgan. Torning kosasi 8 raqami shaklidadir. Rezonatori [[tut]] yogʻochidan oʻyib yasaladi va usti [[teri]] bilan qoplanadi. Torning zamonaviy turi 20-asrning 30-yillaridan boshlab [[Oʻzbekiston]] ([[Bola baxshi Abdullayev]], keyinchalik [[Komiljon Otaniyozov]] va boshqalar), soʻng [[Tojikiston]] musiqa madaniyatiga xam singib ketdi.
 
== Tuzilishi ==
TorTorning chanosh (kosaxonasi) 8 raqami shaklida boʻlib, asosan, tut yogochidan (baʼzida [[yongʻoq]]) oʻyib ishlanadi. Chanoqning ustki ochiq kismi teri bilan qoplanadi. Torning dastasi uzun boʻlib, 78-96 sm gacha yetadi. Asbobning hozirgi turlarida 11 ta sim tortilgan boʻlib, eng pastki (oʻrtada joylashgan) simdan tashqarilari juftlangan tarzda boʻladi va kvarta intervali oraligida sozlanadi. Torning 22 pardasi boʻladi. [[Ozarbayjon]] torida nim pardalar ham boʻladi. Asbob ikki [[oktava]] oraligʻidagi tovushqator hosil qila oladi.
 
== Ishlatilishi ==
Tor keng texnika imkoniyatlari, yorqin va jozibali [[tembr]], kuchli dinamikasi bilan ajralib turadi. [[Eron]], [[ozarbayjonlar|ozarbayjon]], [[armanlar|arman]] (dastgoh, muyum, kuy, ashula va boshqa) mumtoz musiqa namunalari ijrosida yakka tarkibida yetakchi cholgʻu sifatida keng qoʻllaniladi. Tor ijrochilaridan Sodiq Asad oʻgʻli, M. Mansurov, B. Mansurov, A. Bokixonov, K. Primov va boshqalar mashhur.
 
== Havolalar ==