Sloveniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Sloveniya_info}}
'''SLOVENIYA''' (Slovenija), '''Sloveniya Respublikasi''' (Republika Slovenija) — Bolqon ya.o.ning shim.garbida joylashgan davlat. Mayd. 20,3 ming km2. Aholisi 1,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Lyublyana sh. Maʼmuriy jihatdan 62 tumanga boʻlingan.
'''Slovenia ''' (Slovenia Respublikasi) poytaxti — [[Lyublyana]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
Davlat tuzumi. S. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 23 dek.
 
da qabul qilingan; unga 1997 va 2000 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 y.dan Yanez Drnovshek). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Davlat majlisi va Davlat Kengashi, ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
Tabiati. S. — asosan, togʻli mamlakat. Shim.gʻarb va shim.da Sharqiy Alp tizmasi, jan.da Dinara yassitogʻligining shim. chekkasi, jan.gʻarbda gʻaroyib gʻorlari bilan mashxur boʻlgan Karst platosi bor. Sharkda va Adriatika dengizining Triyest qoʻltigʻi sohilida chogʻroq pasttekisliklar joylashgan. Qoʻrgʻoshinrux rudalari, simob, bir oz miqdorda qoʻngʻir koʻmir, lignit, neft, barit, binokorlik materiallari konlari mavjud. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental. Asosiy daryolari — Sava, Drava (Dunay irmoqlari). Togʻlarda muz va karst koʻllari bor. S. hududining 46% ga yaqini oʻrmon, baland togʻlarda buk va eman oʻrmonlari togʻ yonbagʻirlarida aralash va ignabargli oʻrmonlar bilan almashinadi. Kattagina maydonlar — yaylov. Hayvonot dunyosi qoʻngʻir ayiq, bugʻu, togʻ echkisi, kemiruvchilar va turli parrandalardan iborat. Triglav milliy bogʻi tashkil etilgan.
 
Aholisi. Asosiy aholisi slovenlar (90%); xorvat, serblar ham yashaydi. Shahar aholisi 51,5%. Dindorlarining aksariyati xristian (katolik)lar. Rasmiy til —sloven tili. Yirik shaharlari: Lyublyana, Maribor.
 
Tarixi. S. hududida qadimdan keltilliriy qabilalari yashagan. Mil. av. 1-a.da Rim davlati bosib olgan. 6—7-a.
 
larda bu yerga slavyan (sloven)lar kelib oʻrnashgan. 7-a.da Karantaniya deb ataluvchi ilk davlat paydo boʻlgan. 11 — 13-a.
 
larda S hududida Karintiya, Shtiriya, Krayna va b. knyazliklar paydo boʻldi. 1282 y. S.ning katta qismi Gabsburglar yermulki tarkibiga kirdi va 16-a. boshlariga kelib, barcha sloven yerlari qoʻshib olindi. 1478, 1515, 1573 y.larda dehqonlarning qoʻzgʻolonlari boʻldi. 18-a.
 
ning 2-yarmida oʻtkazilgan islohotlar tufayli iqtisodiy jonlanish roʻy berdi. 1848—49 y.lardagi inqiloblar natijasida yersuv munosabatlari yemirilib, pultovar munosabatlari rivojlana boshladi. 1914—18 y.larda milliy harakat avj oldi. 1918 y.dan S. yerlari Serb, xorvat, slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya qirolligi)ga birlashdi. 1941 y. Yugoslaviya fashistlar bosqiniga duchor boʻlib, S. yerlarini Italiya bilan Germaniya boʻlib oldi. 1945 y. 15 mayda ozod qilindi. 1946 y.gi Parij sulh shartnomasiga binoan, Yugoslaviya bilan qayta qoʻshilib, 1991 y.gacha uning tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. 1991 y. 25 iyunda respublika Skupshchinasi S.ning davlat mustaqilligini eʼlon qildi va Yugoslaviya tarkibidan chiqqanligini bildirdi. S. — 1992 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 27 dek.da tan olgan va 1995 y. 16 yanv.
 
dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25 iyun — S. davlatchiligi kuni (1991).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Liberal demokratiya partiyasi, 1913 y. asos solingan S. liberal partiyasining davomchisi sifatida 1989 y.da qayta tiklangan; S. demokratik partiyasi, 1992 y. tuzilgan; Sotsialdemokratlar Yagona roʻyxati partiyasi, 1992 y. asos solingan; Koʻkatparvarlar partiyasi, 1992 y. tashkil etilgan; S. xalq partiyasi, 2000 y. tuzilgan; S. milliy partiyasi; S. sotsialdemokratik partiyasi, 1989 y. asos solingan; S. pensionerlar demokratik partiyasi. S. mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi; S. mustaqilligi yangi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi.
 
Xoʻjaligi. S. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35%, q.x. ning ulushi 5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 60%.
 
Sanoati. Qoʻrgʻoshinrux, polimetall rudalar, qoʻngʻir kumir, boksit, surma, simob qazib olinadi. Yesenitse, Shtore, Ravneda qora metallurgiya, Mejitse, Kidrichevoda rangli va kora metallurgiya korxonalari bor. Mashinasozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati va metall ishlash — sanoatning yetakchi tarmogʻi. Maribor, Lyublyana, Sele, Krandagi zavodlarda gidroturbinalar, yuk avtomobillari, avtobus, mototsikl, roʻzgʻor asboblari, elektrotexnika buyumlari va b. ishlab chiqariladi. Kimyo va elektrkimyo sanoati (jumladan, karbid kalsiy i.ch.) rivojlangan. Yogʻochsozlik, kemasozlik, toʻqimachilik, poligrafiya, q.x. mashinasozligi, koʻnpoyabzal, oziq-ovqat, jumladan, vinochilik sanoati korxonalari bor. Elektr energiyasi GES larda hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 12,6 mlrd. kVtsoat). Asosiy sanoat markazlari: Lyublyana, Maribor.
 
Qishloq xoʻjaligi sermahsul. Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan, qoramol, choʻchqa, ot. qoʻy boqiladi. Dehqonchilikda kartoshka, bugʻdoy, makkajoʻxori, suli, arpa, tariq, xmel, qand lavlagi, zigʻir ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan.
 
Tra nsportida t.y. uzunligi 1,2 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 14,7 ming km. Dengiz porti — Koper. Xorijiy sayyohlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Chetga yuk avtomobillari, avtobuslar, toʻqimachilik, kimyo sanoati va q.x. mahsulotlari chiqaradi. Chetdan avtomatika va aloka vositalari, mashina va uskunalar, isteʼmol tovarlari oladi. Pul birligi tolar.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. S.da 8 yillik maktab taʼlimning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Toʻliq oʻrta maʼlumotni gimnaziya beradi. Malakali ishchilar tayyorlaydigan maktablar, q.x., texnika va b. sohalarga ixtisoslashgan maktablar bor. 26 oliy oʻquv yurti mavjud. Yiriklari: Lyublyana un-ti (1595—96), Oliy ped. maktabi va b. Koʻp ilmiy muassasalar — S. Fan va sanʼat akademiyasi (1921), Geol., Tabiat va tarix yodgorliklarini saqlash, Ishchilar harakati tarixi i.t. institutlari, Lyublyana unti huzuridagi Yadro tadqiqotlari inti, mintaqaviy ilmiy va madaniy-maʼrifiy jamiyatlar Lyublyanada joylashgan. 168 ta yirik kutubxona (jumladan, Milliy va un-t kutubxonasi), 94 ta muzey (jumladan, milliy va zamonaviy galereyalar, milliy, etn. va shahar muzeylari) bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz.lari: "Delo" ("Ish", mustaqil kundalik gaz., 1959 y.dan), "Drujina" ("Oila", haftanoma, 1952 y.dan), "In" ("Sloveniyadan xabarlar", ingliz va sloven tillarida chiqadigan haftanoma), "Mladina" ("Yoshlar", haftanoma, 1942 y.dan), "Slovenets" ("Sloveniyalik", kundalik gaz., 1991 y.dan), "Slovenske novitse" ("Sloveniya yangiliklari", kundalik gaz., 1991 y.dan), "Vecher" ("Oqshom", kundalik gaz., 1945 y.dan). S. telegraf agentligi (STA) S. Respublikasi axborot agentligi boʻlib, 1991 y. asos solingan. S. Radio va televideniyesi faoliyat koʻrsatadi; radioeshittirish 1928 y.dan, telekoʻrsatuv 1958 y.dan boshlangan. 3 davlat radio dasturi va 2 davlat telekanali mavjud. Eshittirish va koʻrsatuvlar sloven, venger, italyan tillarida olib boriladi.
 
Adabiyoti. S. yozma adabiyoti 10-a.
 
dan boshlangan. Uning rivojlanishida boy xalqogʻzaki ijodiyoti muhim rol oʻynagan. Ruhoniy P. Trubar (1508—86) sloven alifbosini ishlab chiqib, sloven tilida liniy adabiyotlar nashr ettirdi. S. Krel. Yu. Dalmatin, A. Boxorich uning ishini davom ettirdi. 18-a.da Yevropa Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida dunyoviy adabiyot vujudga kelib, rivojlandi. Dramaturg A. T. Linhart va shoir V. Vodnik ijodiyoti shu davrga toʻgʻri keldi. F. Preshern (1800—49) ijodi ("Poeziya", 1847) sloven va yevropa adabiyotida muhim voqea boʻldi, uning asarlari S.da romantizmning karor topishida katta rol oʻynadi. F. Levstik sloven nazmi, nasri va adabiy tanqidchiligida realistik oqimni boshlab berdi. Uning izdoshlari — avvalo tarixiy qissa va romanlari bilan tanilgan Y. Yurchich, yozuvchi va shoirlardan Y. Strirar, I. Tavchar, Ya. Kersnik, S. Yenko, S. Gregorchich, A. Ashkers realizmni yuqori pogʻonaga koʻtardilar.
 
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida "Sloven moderni" ijodiy guruqi (nasrda Y. Sankar, D. Kette, nazmda O. Jupanchich va b.) adabiy jarayonni rivojlantirdi. Guruh aʼzolari oʻsha paytda Yevropada urf boʻlgan naturalizm, impressionizm, simvolizm sheʼriy usullaridan foydalanib, ijtimoiy va milliy tengsizlikka qarshi norozilik kayfiyatini ifodaladilar. 20—30y.larda shoirlardan O. Jupanchich, A. Gradnik, yozuvchi va dramaturglardan F. Bevk, Yu. Kozak, B. Kreft, P. Vorans xalq xayotini haqqoniy aks ettirdilar. 2-jahon urushi yillaridagi ozodlik kurashi davrida sheʼriyat yetakchi janr buldi. Partizan shoirlar M. Bor, K. DestovnikKayux, T. Selishkar, E. Kotsbek va b. oʻz sheʼrlari bilan xalqni kurashga daʼvat etdilar. Urushdan keyingi yillarda Ya. Menart, L. Krakar, T. Pavchek, K. Kovich sheʼriyatida, M. Mixelich, P.Zidar, V. Kavchich qissa va romanlarida, P. Kozak, D. Smole, P. Bojich pyesalarida inson ahvolruhiyati chuqur tahlil qilinib, voqealar silsilasi jushqin ifodalab berildi, turli gʻoyalar kurashi xolisona aks ettirildi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. S. hududida mil. av. 1-a. va mil. 4-a.larda Qad. Rim shaharlari (Emona, xrz Lyublyana; Petovio, hoz. Ptuy) mavjud boʻlgan. Ulardagi istehkomlar, ibodatxonalar, osma quvurlarning qoldiqlari hozirgacha saqlangan. Oʻrta asrlardan roman uslubidagi (Stichnadagi cherkov, 1136 — 56), gotika uslubidagi (Ptuydagi cherkov, 1260—70. PtuyskGora qishlogʻidagi cherkov, 15-a. boshi) ibodatxonalar qolgan. 15— 16-a.lar meʼmorligida Uygʻonish davri belgilari seziladi. 17—18-a.
 
larda barokko uslubi yoyildi, bu uslub cherkovlar (Lyublyanadagi avliyo Yakov cherkovi, 1613— 15; Ursulin cherkovi, 1718—26), ratushalar, favvoralar (Lyublyanadagi F. Robba favvorasi, 1751) va sh.k.lar qurilishida namoyon boʻldi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Y. Plechnik, I. Vurnik, V. Shubits kabi meʼmorlar ijodida milliy anʼanalar va qad. meʼmoriy uslublar bilan bir katorda "modern" uslubidan ham foydalanildi. 1945 y.dan keyin erkin rejali yangi shaharlar, sanoat r-nlari, koʻp qavatli turar joy majmualari, jamoat markazlari, Koper, Piran va b. kurortshaharlar, sayyohlik maskanlari kurila boshladi. Dengiz boʻylarida devorlari toshdan tiklanib, tomi cherepitsa bilan yopilgan, sharqiy va togʻ oldi joylarida yogʻoch va guvaladan tiklanib, tomi poxol va taxtachalar bilan yopilgan uylar koʻproq uchraydi.
 
S. hududida paleolit davriga mansub suyakdan yasalgan buyumlar, neolit davriga oid chorpoya ustiga kurilgan binolarning krldiklari, jimjimador naqshlangan sopol idishlar topilgan. Jez davridan jez haykalchalar, naqshin shamshir va b. saqlangan. 9—12-a.lar slavyan kabrlaridagi kumush zargarlik buyumlari oʻyma naqsh bilan ziynatlangan. 12— 13-a.larda cherkovlar tosh oʻymakorligi va burtma gullar bilan bezatilgan. 14-a.da yogʻoch haykaltaroshligi paydo boʻldi (Solchavdagi "Bibi Maryam" cherkovi). 16-a.da portret va dunyoviy rang-tasvir sanʼati rivojlandi, cherkov devorlariga rayem solish urf boʻldi. Metall, yogʻoch va sopol buyumlar yasashga kirishildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida F. Kovchich rasmlari, L. Yansha manzaralari, I. Tomins portretlari mashhur boʻldi. 20-a. rassomlaridan F. Tratnik, G. Kos, F. Mixelich, haykaltaroshlaridan F. Berneker, L. Dolinar ijodi diqqatga sazovor. Amaliy bezak sanʼati turlari rivojlangan.
 
Musiqasi. Koʻpgina xalq kuylariga nemisavstriya hamda venger xalq musiqa anʼanalarining yaqinligi xos. S.da mavsum, marosim (koledalar), tarixiy, qahramonlik, sevgi, hazil qoʻshiqlari mavjud. Koʻp ovozli kuylash keng tarqalgan. Xalq cholgʻu asboblardan lab garmonikasi, skripka, klarnet va b. mavjud. Professional musika sanʼati monastirlarda (12-a.dan) hamda cherkovlar huzuridagi ashula maktablari (13-a.
 
dan)da rivoj topdi. Ilk kompozitorlar orasida Ya. Gallus (diniy va dunyoviy koʻp ovozli asarlar yaratgan) alohida ajralib turadi. 17-a. kompozitorlaridan vokal va cholgʻu asarlar mualliflari G. Plavets (Plauts), Ya. B. Dolar, I. Posh (Poxius) barakali ijod qildilar. 18-a.da Lyublyanada Filarmoniya akademiyasi tashkil etildi. Ya. Zupan, Ya. Novak dastlabki operalarni yozdilar. 1892 y. Lyublyanada S. teatri ochildi, 1919 y. konservatoriya (1939 y.dan Musika akademiyasi), 1934 y. Musika tarixi inti, 1939 y.da filarmoniya ish boshladi. 20-a.ning 2-yarmida S. radio va televideniyesi huzurida xor va estrada orkestri, Lyublyana un-ti huzurida musiqashunoslik in-ti tashkil etildi. Zamonaviy kompozitorlardan D. Shvara, P. Ramovsh, I, Petrich; dirijyorlardan S. Xubad, D. Jebre, sozandalardan D. Tomishich, M. Lipovshesh, I. Ozim, xonandalardan L. Koroshech, V. Bukovetslar mashhur.
 
Teatri. 17-a.da nemis va lotin tillarida dastlabki tomoshalar — "maktab dramasi" va diniy mavzudagi dramalar koʻrsatila boshlagan, sung dunyoviy teatrlar ham paydo bulgan. 1765 y. Lyublyanada doimiy ishlaydigan Tabaka teatri ochilib, unda nemis tilida A. Iffland, A. Kotsebu, 19-a.dan F. Shiller va b. mualliflarning pyesalari kursatilgan. 1789 y. birinchi sloven pyesasi — A. Linhartning "Mitska — jupan qizi" pyesasi sahnalashtirildi. 1867 y. tashkil etilgan Teatr jamiyati, asosan, sloven dramaturglarining asarlarini kursata boshladi. 1va 2-jahon urushlari urtasidagi davrda Sloven milliy teatr truppasi kaytadan tashkil etildi, 20-a.ning 2-yarmida yangi teatrlar barpo etildi. Lyublyanada Eksperimental (1956 y.dan), bolalar teatrlari, qugʻirchoq teatr, Teatr sanʼati akademiyasi, Sloven teatr muzeyi ishlaydi.
 
Oʻzbekiston — S. munosabatlari. 2003 y. okt.da S. Tashqi ishlar vazirining Oʻzbekistonga tashrifi vaqtida sarmoyalarni uzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlikka oid bayonnoma imzolandi. Ikki mamlakat urtasida tovar aylanmasi 2002 y.da 2,1 mln. AQSH dollarini tashkil etganligi taʼkidlanib, kelgusida hukumatlar, parlamentlar urtasidagi alokalarni va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish haqida kelishib olindi.
 
== Havolalar ==
Qator 7 ⟶ 59:
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{Yevropa}}