Argentina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
Qator 24:
A.da 133,8 ming o‘rinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 o‘rin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Davlat sog‘liqni saqlash ti-zimi tibbiy yordamni sug‘urtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qo‘shib olib boriladi. Shifokorlarni un-tlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.
== Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari ==
A.da 6 yoshdan 14 yosh-gacha bo‘lgan bolalarning majburiy ta’-limi joriy etilgan. Davlat o‘quv yurt-lari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming , o‘rta o‘quv yurtlarida (umumiy ta’lim, hunar, ped. va b. maktablarda) 1125 ming o‘quvchi o‘qiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va b. shaharlarda un-tlar bor. Bir qancha tarmoq akademi-yalari, i.t. institutlari va ilmiy jami-yatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi va b. bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va b. mu-zeylar mavjud.
== Matbuoti, radioeshittirishi, teleko‘rsatuvi.telekoʻrsatuvi ==
Eng ko‘p tarqalgan gaz.lar: "Rason"("Aql-idrok", 1905 y.dan), "Prensa"("Matbuot", 1869 y.dan), "Nason"("Millat", 1870 y.dan), "Ga-seta" ("Gazeta", 1912 y.dan). "Teleno-tisiosa amerikana" hukumat agentli-gi 1945 y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida uyushmaga birlashgan. Teleko‘rsatuv 1951 y.dan mavjud. 1959 y.da 22 xususiy telest-yalar uyushmasi tu-zilgan.
== Adabiyoti ==
A.da yashagan indeys qabilalarning og‘zaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq she’-riyati o‘ziga xosligini saqlab qolgan. 16-a.dan 19-a. boshlarigacha adabiyot Is-paniya adabiyoti ta’sirida rivojlandi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va b.lar ijodi-da ma’rifatparvarlik tamoyillari na-moyon bo‘ldi. 1810 — 26 y.lar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassi-sizm hukmronlik qildi. B. de Montea-gudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning "Vatan-parvarlik marshi", 1810, A. madhiyasi 608bo‘lib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi oqim vakili — faylasuf va mil-liy poeziya asoschisi E. Echeverria she’-rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshu-nos X. M. Guterres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmento o‘tkir maqolalar yozdi. 19-a. 2-yarmida "gaucho adabiyoti" urf bo‘ldi, uning asosini pampa aholisining og‘zaki ijodi tashkil qilar edi. 50 — 70-y.lar-da I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qo‘shiqlar, "Santos Vega" she’riy roma-ni, 1851), X. Marmol (dastlabki mil-liy roman "Amaliya", 1855), X. Ernandes (uning "Martin Ferro" qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asa-ridir) asarlari va b. dunyoga keldi. 19-a. o‘rtalarida xalq urf-odatlarini ifoda-lovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va b.dir. 20-a. 20-y.larida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy roman-lari chiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanla-ri paydo bo‘ldi.