Avstraliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
Qator 9:
A. hoz. aholisining aso-siy qismi — Britaniya o.laridan ko‘chib kelganlarning avlodlari — inglizlar, irlandlar, shotlandlar bo‘lib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil eta-di (q. Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar A. aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va b. ham yashaydi. Bir necha yuz o‘zbek bor. Ras-miy tili — ingliz tili. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km2 ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materik-ning sharqiy va jan.-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining — 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.
== Tarixi ==
18-a.gacha A. aborigenlari ib-tidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelgan-lar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788 y.da A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-a.ning 20-y.laridan boshlab A.da qo‘ychilik rivojlandi, 30-y.larda dast-labki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. 19-a.ning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851—61) munosabati bilan ko‘chib keluv-chilar ancha ko‘paydi. Angliya hukumati A. dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilar-ning 1854 y.dagi Evrika qo‘zg‘oloni va b. isyonlar) tazyiqi ostida 1855 y.da ular-ning ko‘pchiligiga o‘zini o‘zi boshqarish xuquqini berishga majbur bo‘ldi. 1901 y. A. dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga — A. Ittifoqiga bir-lashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 y.da unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning jan.-sharqiy qismi), 1-jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qo‘shinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shim.-sharqiy qismi) va Nauru o. (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. 2-jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 y.dan A.— BMT a’-zosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari — libe-ral va agrar (1975 y.dan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi bo‘ldi. Faqat 1949 y.gacha, 1972-75 y.larda va 1983 y.da hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yo‘ldan borish uchun bir qancha tadbir-larni amalga oshirdi. A. hukumati Na-uru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1991 y.da A. bilan O‘zR o‘rtasida diploma-tiya munosabatlari o‘rnatilgan. Milliy bayrami — A. kuni (26 yanv.).
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmala-ri.uyushmalari ==
A. milliy partiyasi, 1916 y.da tash-kil etilgan; A. liberal partiyasi, 1944 y.da tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891 y.da tashkil etilgan; A. demokrat-lari partiyasi, 1977 y.da tashkil etilgan. A. kasaba uyushmalari kengashi 1927 y.da tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushma-lari konfederatsiyasiga kiradi.
== Xoʻjaligi ==
A.— yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliya-lar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qo‘rg‘oshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi o‘rinda, 106ko‘mir, rux, mis, marganes, bug‘doy, go‘sht eksport qilishda oldingi o‘rinlardan birida turadi.
== Sanoati ==
A. sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari — kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994—95 y. 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi — G‘arbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Jan. Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shim. hudud)dan qazib olinadi. 1994—95 y. Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshko‘mir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral o‘g‘itlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994—95 y. 6,2 mln. t po‘lat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati ko‘proq eksportga (go‘sht, un, qand-shakar, sariyog‘-pishloq, pivo, vino) moslangan. To‘qimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markaz-lari: Sidney, Melburn, Brisben, Ade-laida, Pert. Vullogong — Port-Kembla, Nyukasl, Jilong , Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.Qishloq
== xo‘jaligiQishloq .xoʻjaligi ==
A — yirik yer ega-ligi mamlakati. Foydalaniladigan yer-larning 80% dan ortig‘i yirik yer egalari qo‘lida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Q.x. mahsuloti qiymatining 60% dan ko‘prog‘ini chorvachilik beradi. Qo‘ylar 174 mln., qoramol — 24,1 mln. boshni tashkil etadi. Qo‘ychilikning asosiy r-nlari — jan.-sharqiy va jan.-g‘arbiy sohil; sut yetishtiruvchi r-n jan.-sharqiy sohil, go‘sht yetishtiruvchi r-n mamlakat sharqi va shimoli. Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1,5 mln. gektari sug‘oriladi. Asosiy ekin-lar — bug‘doy (hosili yiliga o‘rtacha 14,3 mln. t) va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, jo‘xori, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda o‘rtacha 3,7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3,7 mln. t. go‘sht, 720 ming t. jun yetishtiradi.
== Transporti ==
1996 y.da avtomobil yo‘llari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yo‘llar — 420 ming km, t.y.— 40,6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari — Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar — Port-Xedlend, Dampir (temir ruda jo‘natish). Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.