Un-yorma sanoati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k z-d → zavod
Qator 3:
Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xam gʻalla qadimdan mayda suv tegirmonlarida tortilgan. 1870 y.da hoz. Oʻzbekiston hududida kepakli jaydari un tortiladigan, unumdorligi bir sutkada bir necha sentner boʻlgan 5 mingdan ortiq tegirmon boʻlgan. 1903 y.da 1975 ta kichik suv tegirmoni ishladi. Birinchi katta tegirmon (zd) 1883 y.da Toshkentda, ikkinchisi 1898 y.da Samarqandda qurildi. Keyinchalik yirikroq tegirmonlar Andijon (1901) va b. shaharlarda ham paydo boʻldi. 1908 y.da Turkiston oʻlkasida 26,4 ming t., 1913 y.da 37,9 ming t un tayyorlangan.
 
1918 y. yirik tegirmonlar natsionalizatsiya qilindi, 1920 y. "Turkun" — Turkiston Respublikasi un sanoati tresti tashkil etildi, uning tarkibida 21 un korxonasi, 6 ta guruch z-dizavodi ishladi. Oʻsha yillarda Oʻzbekistonda xususiy mulk boʻlgan 4510 suv tegirmoni va objuvozlar bor edi.
 
30-y.lardan boshlab viloyatlar markazlari, sanoat korxonalari joylashgan yirik shaxarlarda yangi un z-dlarizavodlari va kombinatlari kurilishi boshlandi. 1932 y.da don maxsulotlarini tayyorlash, kayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan "Oʻzdontayyorlov" respublika idorasi tuzildi (1992 y.dan "Oʻzdonmaxsulot" davlataksiyadorlik korporatsiyasi). 1941 y.ga kelib respublikada sanoat yoʻli bilan un i.ch. 10 marta koʻpaydi (345,8 ming t). 60—70-y.larda 3 navli un tortadigan, 240 t/sutka quvvatli 8 ta un kombinatlari ishga tushirildi. 1970 y.da respublika un z-dlariningzavodlarining ishlab chiqarish quvvatlari 3243 t/sutkaga yetkazildi. 1991 y.dan keyin qishloq joylarda koʻpgina jamoa, shirkat xoʻjaliklarida kichik va oʻrta biznes tadbirkorlari tomonidan elektr kuvvati bilan ishlaydigan kichik tegirmonlar kurish rivoj topdi.
 
"Oʻzdonmahsulot" korporatsiyasi tarkibida navli un, manniy yormasi ishlab chiqariladigan 52 z-dzavod bor. Ularning 20 tadan koʻprogʻi zamonaviy texnologik uskunalar (asosan, Shveysariyaning "Byuller AG" firmasi) bilan jixrzlangan (2004).
 
Oziq-ovqat sanoatining yana bir muhim tarmogʻi yorma sanoatida suli, marjumak, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, sholi va dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, yasmiq) donidan har xil yorma ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda, asosan, sholidan turli navli guruch tayyorlanadi. Uning yirik korxonalari Toshkent, Muzrobod, Xoʻjayli, Shumanay, Xonqa, Bogʻot va b. shaharlarda joylashgan. "Navoiydonmahsulot" ktida qandolatchilik va non sanoati uchun makkajoʻxori yormasi bilan birga makkajoʻxori uni ham ishlab chiqariladi.