Meksika: Versiyalar orasidagi farq

66 bayt qoʻshildi ,  9 yil oldin
k
Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
k (imlo)
k (Boʻlimlarni vikifikatsiyalash)
'''Meksika''' (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Maʼmuriy jihatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-y. 5-fev.dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 y. muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
== Davlat tuzumi ==
Tabiati. M. qirgʻoqlari kam parchalangan, eng katta yarim orollari — Kaliforniya va Yukatan. Tinch okeandagi bir necha orol ham M. tarkibiga kiradi. Mamlakat hududining katta qismini Meksika togʻligi (aksariyat bal. 1000—2000 m, eng baland joyi — harakatdagi Orisaba vulkanlari — 5700 m) egallaydi. Sohilga yaqin joylari pasttekislik. Meksika qoʻltigʻida neftgazli havza, Meksika togʻligida rangli metall rudalari (mis, qoʻrgʻoshin, pyx, kumush, simob, margimush, surma, kadmiy, vismut, qalay, volfram, oltin), mamlakatning shim.-sharqida toshkoʻmir, temir va uran rudalari, oltingugurt konlari bor. Iqlimi tropik, shim.da subtropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10°—25°, iyulniki 15°—30°. Yillik yogʻin togʻ yon bagʻirlarida esa 2000—3000 mm.

== Tabiati ==

Jan.-sharqida daryosoylar koʻp, shim.gʻarbida kam (Yukatan ya.o.da umuman oqar suv yoʻq). Yirik daryolari: Rio-Grande (Rio-Bravodel-Norte), Lerma (quyi oqimida Rio-Grandede Santyago deb ataladi), Balsas, Grixalva — Usumasinta dare sistemasi. Eng katta kuli — Chapala. Shim.-gʻarbida, asosan, boʻz tuproq va choʻlga xos oddiy tuproqlar; togʻliklarda surjigarrang , jigarrrang , savanna qizil tuproqlari va togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlari, pasttekisliklarda surjigarrang , savanna qizil tuproqlari va botqoq tuproqlari uchraydi.
Aholisining kupi meksikanlar boʻlib, ular indeys kabilalari va elatlari, Yevropa (asosan, Ispaniya)dan kuchib kelganlar va plantatsiyalarda ishlatish uchun keltirilgan afrikaliklardan iborat. Aholining yarmidan ortigʻi aralash nikoxdan tugʻilgan metis va mulatlardir. Tub indeys xalqlari oʻz tillari va madaniyatlarini qisman saqlab qolgan. Ispanlar, basklar, nemislar, fransuzlar, italyanlar va b. ham bor. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning 96% katoliklar. 73% aholi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Mexiko, Gvadalahara, Monterrey, Leon, Syudad-Xuares.
 
Tarixi. M. hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu yerda turli davrlarda Gʻarbiy yarim shardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud boʻlgan. Mil. av. 1ming yillik oʻrtalaridan aholi oʻtroq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, sanʼat taraqqiy etgan. Milod boshlarida Markaziy Amerikaning shim.-gʻarbiy qismida mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boshlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hoz. Mexiko sh.ni barpo etdilar va 14-a.da yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-a.da Markaziy va Jan. M.ning eng qudratli davlatiga aylandi. Bu yerda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish texnikasi, tasviriy sanʼat birmuncha rivoj topdi. 1517 y. M.ni ispanlar bosib ola boshladilar. 16-a. oxiriga kelib M. xududi butunlay zabtetildi. Yangi Ispaniya vitseqirolligi tuzildi, butun hokimiyat ispan zamindorlari qoʻl ostiga oʻtdi. Mahalliy aholining aksar qismi oʻz yerlaridan mahrum etildi, mustamlaka hokimlari, zamindorlar va katolik cherkoviga tobe boʻlib qoldi. Ocharchilik, kasalliklar koʻplab indeyslarning yostigʻini quritdi (ispanlar zabt eta boshlagan paytda 25 mln.ga yaqin indeys boʻlgan boʻlsa, 1605 y.ga kelganda 1mln. dan sal ortiq indeys qoldi). Ishchi kuchi yetishmay qolgach, Afrikadan koʻplab negr qullar keltirila boshladi. I. ch. sanoatining rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qilindi, koʻpchilik ekinlarni ekishni taqiqlab, tuz, porox, tamaki mahsulotlari sotish davlat monopoliyasiga aylantirildi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi bosh koʻtarib bir necha bor qoʻzgʻolon qildi. Iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va ichki bozorning vujudga kelishi, milliy ongning uygʻonishi taʼsirida 19-a.ning boshlarida meksikan millati tarkib topa boshladi.
== Tarixi ==

Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi davrida (1810—26), xususan, 1810—15 y.larda M.da M. Idalgo va X. M. Morelos rahbarligida dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi, bu qoʻzgʻolon sha-fqatsiz bostirildi. Ispaniyadagi 1820—23 y.lar inqilobi va Jan. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalari vatanparvarlarining muvaffaqiyatlari M.da xalq ozodlik harakatining yangidan koʻtarilishiga sabab boʻldi. A. Iterbude boshchiligidagi harakat keng xalq ommasi tomonidan koʻllab-quvvatlandi. 1821 y. M. mustaqil davlat, 1824 y. esa respublika deb eʼlon qilindi. 1845 y. AQSH Texasni, 1846—48 y.lardagi Amerika-Meksika urushi natijasida mamlakat hududining qariyb yarmini bosib oddi. M.ga qarshi uyushtirilgan Angliya-Fransiya-Yspaniya intervensiyasi meksikan xalqining qahramonona qarshiligiga uchrab, interventlarning magʻlubiyati bilan tugadi. 1877-80 va 1884-1911 y.larda general P. Dias prezident boʻlib turdi; ana shu davrda fuqarolar ozodligi oyoq osti qilindi, kongress oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 20-a.
1976 y.da saylangan prezident L. Portilo va ayniqsa, 1994 y.da saylangan E. Sedilo hukumatlari sanoat va q.x.ni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlar oʻtkazishga urindi. Ammo mamlakatning tashqi qarzi oshdi, i.ch. quvvatlaridan foydalanish pasaydi, ekinzorlar qisqardi. 2000 y. "Oʻng markazchi alyans" blokidan Visente Foks Kesadaning prezident lavozimiga saylanishi 1929 y.dan buyon mamlakatni idora qilib kelayotgan Institutsioninqilobiy partiyaning hukmronligiga chek qoʻydi. Keyingi yillarda xoʻjalik boshqaruvini mahalliylashtirish, davlatga qarashli norentabel korxonalarni qisqartirish, iqtisodiyotning "ochikligi" va tadbirkorlik fa-oliyatini kuchaytirish, oʻzaro manfa-atli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish siyosati oʻtkazila boshladi. M. 1991 y. 26 dek.da OʻzR mustaqilligini tan olgan va 1992 y. 16 martda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. M. 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 16 sent. — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1810).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Institutsion-inqilobiy partiya, 1929 y.da tuzilgan (1938 y.gacha Milliyinqilobiy partiya, 1946 y.gacha M. inqilobiy partiyasi deb atalgan, 1946 y.dan hoz nomda); Kardenista milliy yangilanish fronti partiyasi, 1972 y.da asos solingan; M. koʻkatparvar ekologiya partiyasi, 1987 y.da tuzilgan; Demokratik inqilob partiyasi, 1989 y.da tashkil etilgan; Milliy harakat partiyasi, 1939 y.da tuzilgan. Kasaba uyushmalari: Mehnat kongressi, 1966 y.da tuzilgan; M. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 y.da asos solingan; M. ishchilari mintaqa konfederatsiyasi, 1918 y.da tashkil etilgan; Ishchi va dehqonlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1952 y.da tuzilgan; M. ishchi va dehqonlarining Xasinto Lopes nomidagi umumiy ittifoqi, 1949 y.da asos solingan; Mehnatkashlarning inqilobiy konfederatsiyasi, 1954 y. tashkil etilgan; Davlat xizmatchilari kasaba uyushmalari federatsiyasi 1938 y. tuzilgan.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Xoʻjaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,5%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 9%. M. paxta, shakarqamish, kofe yetishtirishda, neft, gaz, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, simob qazib olishda dunyoda oddingi oʻrinlarda turadi.

== Xoʻjaligi ==

Sanoatida iqtisodiy faol aholining 15,3% band. Muhim tarmoqlari: konchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, qurilish, toʻqimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati. Neftgaz sanoati va ularni qayta ishlash korxonalari M. qoʻltigʻi sohilida, konchilik va metallurgiya sanoati Meksika togʻligi shim.da, i.ch. sanoati korxonalari yirik shaharlarda joylashgan. Kumir sanoati muhim oʻrin oladi. Verakrus, Tampiko, Minatitlan, Mexiko va Salamanka sh.lari neft kimyosining , Monterrey, Monklova, Mexiko atroflari qora metallurgiya, Mexiko, Verakrus, Kananea, Chiuaua, Torreon sh.lari rangli metallurgiya, Mexiko, Toluka, Pu-ebla mashinasozlik va metall ishlash sanoatining asosiy markazlaridir. Bundan tashqari, dizellar, t.y. vagonlari, avtomobillar, toʻqimachilik mashina-uskunalari, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari (shu jumladan, televizorlar), stanoklar, kemalar ishlab chikaradi. Energetika, qurilish ashyolari, kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Hunarmandchilik buyumlari i.ch.ga alohida ahamiyat beriladi. Yiliga 89,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr stansiyalarida).
M. chetga tayyor va chala tayyor buyumlar, shuningdek, neft va neft mahsuolotlari, paxta, kofe, dengiz, konchilik sanoati va rangli metallurgiya mahsulotlari chiqaradi. Chetdan chala tayyor buyumlar, mashina va asbob-uskunalar, isteʼmol mollari sotib oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: AQSH, Kanada, Yaponiya, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari. Chet el turizmi rivojlangan. Pul birligi — M. pesosi.
 
Tibbiy xizmati. M.da, asosan, davlat tibbiy xizmat tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Vrachlar un-tlar huzuridagi 4 ta tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Akapulko, Kuernavaka, Orisaba, Verakrus kabi kurortlari bor.
 
== Tibbiy xizmati ==
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 y., oʻrta maktabda 5 va 6 y. 6—15 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim — bepul. Davlat maktablaridan tashqari, koʻpgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 60 ta un-t mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor unti (1551), Milliy politexnika in-ti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi un-tlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo in-ti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi — Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boshqa shahar va un-tlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy sanʼat muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va b.
Tibbiy xizmati. M.da, asosan, davlat tibbiy xizmat tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Vrachlar un-tlar huzuridagi 4 ta tibbiyot f-tida tayyorlanadi. Akapulko, Kuernavaka, Orisaba, Verakrus kabi kurortlari bor.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 y., oʻrta maktabda 5 va 6 y. 6—15 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim — bepul. Davlat maktablaridan tashqari, koʻpgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 60 ta un-t mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor unti (1551), Milliy politexnika in-ti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi un-tlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo in-ti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi — Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boshqa shahar va un-tlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy sanʼat muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va b.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da 2 mingdan koʻproq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kundalik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: "Dia" ("Kun", 1962 y.dan), "In-formador" ("Xabarchi", 1917 y.dan), "Universal" (1916 y.dan), "Uno maye uno" ("Bir plyus bir", 1977 y.dan), "Ekselsior" (1917 y.dan), "Eraldo de Mexiko" ("Meksika xabarnomasi", 1965 y.dan); Informasones Mexikanas — Informeks Milliy axborot agentligi aksiyadorlik jamiyati boʻlib, 1960 y.da tuzilgan. Notisias Mexikanas — Notimeks xukumat axborot agentligi boʻlib, 1968 y.da tashkil etilgan. M.da mingdan koʻproq radio va 700 dan ortiq telest-ya bor. M.ning yetakchi "Televisa" telekoʻrsatuv tijorat konsorsiumi 1973 y. tuzilgan. Milliy radio va televideniye sanoati palatasi 1942 y. tashkil etilgan.
20-a.ning yirik shoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Peliser)ning asarlarida xalqning maʼnaviy hayoti va milliy turmushi yorqin aks ettirilgan. M. nasri 50-y.larning oʻrtalaridan yana yuksala boshladi. Romannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilishni chuqurlashtira borib, umumbashariy muammolarni koʻtarib chiqdi. A. Yanyesning "Jala oldidan", X. Rulfoning "Pedro Paramo", Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning "Oʻta tiniq soha", "Artemio Krusning oʻlimi", Rosario Kastelyanosning "Zulmatdagi ibodat" romanlari ana shunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hoz. zamon milliy voqeligini oʻrganib, azaliy insoniy muammolarni yangi sharoitda hal etishga intilmoqda.
 
Meʼmorligi. Qad. davrda (16-a.gacha) M. hududida indeyslar madaniyatining qator sohalari ravnaq topgan. Mil. av. 1ming yillikda meʼmorlik ayniqsa yuksaldi. M. markaziy viloyatlarida, jan.da va Yukatan ya. o.da shaharlar bar-po etildi. Olmeklar mahobatli insho-otlar, qad. madaniyatga ega boʻlgan mayya xalqi zinapoyali ehrom (piramida) shaklidagi ulkan ibodatxonalar (Choluladagi exrom asosining bir tomoni 440 m) va rangbarang naqshlar bilan bezatilgan gumbazli binolar qurishgan.
== Meʼmorligi ==

Mustamlaka davri (16—19-a, boshlari)da M.da shaharsozlik rivojlandi. Binolar ispancha uslubda qurildi, shu bilan birga, meʼmorlikda mahalliy anʼana ham oʻz aksini toddi. 17-a.dan boshlab barokko uslubi paydo boʻldi (Moreliyadagi sobor, 1640—1705; Me-xikodagi Milliy saroy, 1692—99; La Profesa cherkovi, 1714—20; Sagrario Metropolitano cherkovi, 1749—68; Gvadalaharadagi Santa-Monika cherkovi, 1720—33; Tlaskala yaqinidagi Santa-Mariya de Okotlan cherkovi, 1745— 60 va h. k.).
larda mahobatli tasviriy sanʼatda yangi meʼmorlik binolari bilan bogʻliq asarlar (bezakli mozaika, boʻrtiq mozaika, naqshlar) asosiy oʻrin tuta boshladi. M.da tasviriy sanʼat va grafikaga Karaganda zamonaviy haykaltaroshlik kamroq taraqqiy etdi. M. xalq sanʼatida indeys va ispan sanʼati anʼanalari qoʻshilib ketgan.
 
Musiqasi. M. musiqasi qadimdan oʻziga xos va boy. Mahalliy aholi, jumladan, qad. atsteklar turmushida (mas, diniy va ibodat marosimlarida, ish paytlarida) musika katta rol oʻynagan. Bir qancha shaharlarda maxsus musika maktablari boʻlgan. Birmuncha sof "indeys musiqasi" ayrim chekka joylardagi tub aholi oʻrtasida hanuz saqlanib qolgan. Hoz. M. hududining katta qismida ispan va kreol musiqa madaniyati taʼsirida indeys musiqasi ham uchrab turadi. Qad. cholgʻu asboblari — gitara hamda unga oʻxshash gitarron va haranita, skripka, arfa, truba koʻpdan mashhur.
== Musiqasi ==

Professional musiqa 16-a.dan rivojlana boshladi, 19-a. boshlaridan poytaxt va yirik shaharlarda italyan kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1825 y. Mexikoda birinchi musiqa akademiyasi, 1826 y. simfonik orkestr paydo boʻldi. 1866 y. konservatoriya ochildi. 19-a.ning oʻrtalaridan opera janrida ishlaydigan milliy kompozitorlar paydo boʻla boshladi. S. Revu-eltas va Ch. Chaves (20-a.
M.da balet sanʼati ayniqsa rivoj topgan. M. xoreografiya sanʼati raqs folklori va indeyslarning qad. raqslari bilan ispan raqqoslarining anʼanalari zaminida paydo boʻlgan. Hoz. sahna raqsi 30-y.larda amerikacha "modern" raqsi taʼsirida tarkib topa boshlagan. Folklor bilan "modern" raqsining qoʻshilishidan oʻziga xos milliy raqs shakllari paydo boʻldi. 1966 y.dan Mexikoda har yili xalqaro raqs tanlovlari oʻtkaziladi. 1947 y.dan Milliy balet, 70-y.lardan M. raqsi akademiyasining zamonaviy balet jamoasi, mustaqil balet truppasi va b. ishlab turibdi. M. folklor baleti chet ellarda ham juda mashhur.
 
Teatri. M. teatr sanʼati qad. indeyslarning diniy marosimlari asosida vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoshalar koʻrsatilgan. M. 16-a.da yevropaliklar tomonidan istilo qilinganidan keyin xalq sanʼati quvgʻinga uchradi. Ammo cherkovning qarshiligiga qaramay, 1597 y.dan Mexikoda "Komediya uyi" teatri ishlay boshladi, 1670 y. birinchi doimiy "Koliseo" xalq teatri ishga tushdi, Gvadalahara (1758), Verakrus (1787) sh.larida ham doimiy teatrlar ochildi. 1923 y. Dramaturglar uyushmasi milliy teatr madaniyatini yaratishda faol ishtirok etdi. 1946 y. Mexikoda Milliy nafis sanʼat in-ti, uning huzurida esa aktyorlar va rej.lar tay-yorlaydigan maktab ochildi. Eng mashhur teatrlari: "Ximenes Rueda", "Idalgo", "Xoda", "Reforma", "Insurxentes", Bolalar teatri, "Ginol" qoʻgʻir-choq teatri va b.
 
== Teatri ==
Kinosi. 19-a. oxiridan kinoxronika paydo boʻldi, 1905 y. birinchi badiiy film koʻyildi. 1910 y.da M. mustaqillik kurashi haqidagi "Alam hayqirigʻi" filmi, qisqa metrajli komediya va melodramalar chiqarildi. 30-y.

== Kinosi ==

lardan ovozli kino rivojlana boshladi. S. M. Eyzenshteyn boshchiligida 1931—32 y.larda M. haqidagi film yaratilishi M. kino arboblari hayotida katta voqea boʻldi. 20-a. 30—40-y.larida yaratilgan filmlarda M.dagi ijtimoiy nizolar, xalq hayoti aks ettirildi. "Mariya Kandelyariya" (1944), "Durdona" (1947), "Rio Eskondido" (1948), "Qishloqi qiz" (1949) kabi badiiy jihatdan yuksak kinofilmlar butun dunyoga ma-shhur boʻldi. M. kino sanʼatining key-ingi eng yaxshi asarlari: "Gʻisht teruvchilar" (rej. X. Fone), "Janubdagi uy" (rej. S. Olxovich), "Pastkash odamlar" (rej. X. Estrada),’ "Xuan Peres Xolote" (rej. A. Burns), "100-meridian" (rej. A. Xoskovich). M.da yiliga 70 dan ortiq badiiy film ishlanadi, 2000 kinoteatr bor, Oʻzbekiston — M. muiosabatlari. Garchi Oʻzbekiston bilan M. oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida hukumatlararo bitim tuzilmagan boʻlsa ham, oʻzaro savdo-sotiq aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR bilan M. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1998 y.da 1855,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. "Savdoiqtisodiy hamkorlik" va "Investitsiyalarni ragʻbatlantirish hamda oʻzaro himoya qilish" toʻgʻrisida shartnomalar tuzish masalasi koʻrib chiqilayotir. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
187 764

ta tahrir