Yigirish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k z-d → zavod
Qator 3:
Mashinada Y. 18-a.dan boshlab rivojlana boshladi. Uzluksiz ishlaydigan birinchi urchuqli Y. mashinasiga Buyuk Britaniyada 1738 y. patent berilgan. Unda choʻzish asbobi ham boʻlgan. Bunday mashinada tolalarni choʻzish, burash (eshish) va oʻrash (gʻaltakka oʻrash) jarayonlari bajarilgan. Y. mashinasi asta-sekin takomillashtira borildi. 1823 y.da davriy ishlaydigan avtomat Y. mashinasi, 1870 y.da esa uzluksiz ishlaydigan halqasimon Y. mashinasi ixtiro qilindi. Shundan soʻng Y. mashinalarining yangi-yangi modellari yaratildi. Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Rossiyada Y. f-kalari qurildi. Hozir Y. jarayoni, asosan, avtomat mashinalarda amalga oshiriladi.
 
Oʻzbekistonda Y. korxonasini ham oʻz ichiga olgan dastlabki toʻqimachilik f-kasi 1926 y.da Fargʻonada qurildi. Keyinchalik Toshkent toʻqimachilik kombinati barpo qilindi (1932—40). Uning tarkibida Y. fabrikasi ham bor. Hozir bu korxona juda yiriklashib ketgan. Toshkent toʻqimachilik mashinalari z-dizavodi 1946 y. dastlabki pilik tayerlash va Y. mashinalarini ishlab chiqara boshladi. "Oʻzbektoʻqimachilikmash" birlashmasida (1971 dan) pilik tayerlash, Y., halqali Y., Y.-pishitish uskunalari ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston mashinasozligida Y., eshish-pishitish, kalavalash jarayonlarini birgalikda bajaradigan halqali Y. (jun tolalari uchun) va Y.-pishitish (paxta tolalari uchun) mashinalari yaratildi. Bulardan 5 xil rusumli mashinalar chet ellarga eksport qilinadi. Jumladan, PK-100 rusumli Y.-pishitish mashinasi Brno (Slovakiya, 1965), Plovdiv (Polsha, 1966) Xalqaro yarmarkalarida oltin medal olgan (q. [[Yigirish mashinasi]]).
 
Mashinada Y. jarayoni tolalarni Y.ga tayerlash, Y.ning oʻzi, ipni pardozlash va oʻrash bosqichlarini oʻz ichiga oladi. Ipni tayyorlashda tolalar tozalanadi, pishitiladi, uzunligi va yoʻgʻon-ingichkaligi boʻyicha xillanadi, taraladi, bir oz pishitilib pilik hosil qilinadi. Bu ishlar birin-ketin savash, titish, tarash, choʻzish va pilik mashinalarida bajariladi. Ipni pardozlashda uning sirti tozalanadi, ipak va jun tolalaridan yigirilgan ipning tuklari kuydiriladi, ip nazorat tirqishidan oʻtkaziladi. Tayyor ip gʻaltaklar, qogoz patronlar va bobinalarga oʻraladi.