Assimilyatsiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) k Boshqa maʼnolari qoʻshildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k in-t → institut |
||
Qator 1:
{{Maʼnolari|Assimilyatsiya (maʼnolari)}}
'''Assimilyatsiya''' (lot. assimililio - birikish, o‘zlashtirish, o‘xshatish) — (biol.da) tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan moddalar almashinuvining bir tomoni, tashqi muhitdan olinadigan moddalardan organizm uchun zarur mu-rakkab moddalar hosil bo‘lishi. A. — ti-riklikning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. A. jarayonida organizmning o‘sishi, rivojlanishi va yangilanishida energiya manbai sifatida foydalanila-digan moddalar to‘planishi ta’minla-nadi. Termodinamika nuqtai nazaridan organizmlar ochiq sistema bo‘lib, ularga tashqi muhitdan energiya kelib turadi. Tirik organizmlar uchun quyosh nuri dast-labki energiya manbai hisoblanadi. Yer yuzida uchraydigan barcha tirik organizm-lar energiya manbalaridan foydalanish xususiyatlariga ko‘ra avtotrof va gete-rotrof guruhgaajratiladi. Faqat avto-troflar (yashil o‘simliklar) quyoshning energiyasidan fotosintez jarayonida or-ganik moddalar (uglevodlar, oqsillar, yog‘lar) sintez qilishi mumkin. Xemosin-tezlovchi mikroorganizmlardan tashqari barcha organizmlar (geterotroflar) tay-yor organik moddalarni A. qiladi, ya’ni ulardan energiya manbai yoki qurilish materiali sifatida foydalanadi. A. jarayonida geterotroflar organizmida oqsillar dastlab aminokislotalargacha parchalanadi, ya’ni biologik individu-allik xususiyatini yo‘qotadi, so‘ngra har bir organizmning o‘zi uchun xos bo‘lgan oqsillar sintezlanadi. Tirik organizm-da uni tash-kil etuvchi qismlarning yan-gilanishi parchalanish (dissimilyatsiya) va sintezlanish (A.) tufayli to‘xtovsiz davom etadi. Mas, katta yoshdagi odam organizmida oqsillar taxm. 2,5 yil da-vomida to‘liq almashinadi. A.ning
== Adabiyotlar ==
|