Bezak sanʼati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 1:
'''Bezak sanʼati''' — sanʼat turi; in-son atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash uchun xizmat qiladi, unga estetik va gʻoyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. B. s. insonning xizmatidagi buyumlarga bezak boʻlib, shu bilan bir qatorda insonga estetik, gʻoyaviy va badiiy taʼsir koʻrsatadi, in-son moddiy muhitining kurki, nafo-sati sifatida namoyon boʻladi. Asosiy sohalari: meʼmorlik bilan bevosita bogʻliq boʻlgan monumental bezak sanʼati, jamoatchilik va ayrim shaxslar ehtiyoji uchun badiiy buyumlar tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan amaliy sanʼat, bayram, tomosha manzaralarini, sayrgohlarni, ekspozitsiyalarni, koʻpchilik eʼtiboriga havola qilinadigan stend, vitrinalarni bezash bilan bogʻliq boʻlgan bezash sanʼati, badiiy loyihalashdan iborat boʻlgan dizayn.
 
B. s.ning rivoji juda qadim zamonlardan boshlanib, xalq ijodining muhim sohasiga aylangan. U tasviriy sanʼat, badiiy hunarmandlik sohalari, badiiy sanoat, shuningdek xalq ustalari, rassomlar, haykaltaroshlar, dizayn ustalari faoliyati bilan uzviy bogʻliq ravishda rivojlanadi. Inson juda qadim zamonlardan boshlab oʻz moddiy muhitini bezatish ishtiyoqida nafosatga in-tilganinstitutilgan. Odamlar boʻyniga munchoq, barmogʻiga uzuk, qoʻliga bilaguzuk taqib oʻzini bezatgan, keyinchalik kiyim-kechak, turar joylarini koʻrkamlashtirishga in-tilganinstitutilgan. Shu tarzda asrlar mobaynida B. s . shakllangan (19-a.dan shu nom bilan atalgan). B. s mahsulotlari, asarlari bi-nolar, kishilar, ularning moddiy mu-hitini, turmushda ishlatiladigan narsalarni bezatishga, koʻrkamlashtirishga xizmat qiladi, kishilarning moddiy va maʼnaviy qiziqishlarini oʻzida mujassamlashtiradi, turli tarixiy davrlarda oʻsha davrning badi-iy yoʻnalishlari, uslublari (roman uslubi, gotika, barokko, klassitsizm, romantizm va b.) unga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. B. s. namunalari, ayniqsa, monumental B. s. asarlari koʻpchilikning eʼtiborida boʻladi, u jamiyatniig didi shakllanishida ham muhim rol oʻynaydi. Jamoat, maʼmuriy bi-nolar, saroylar, tomosha zallari, restoran, choyxonalarda naqqoshlik, oʻymakorlikdan tashqari tasviriy sanʼat koʻrinishlari (devoriy rasm, mozaika, haykaltaroshlik asari, vitraj va b.) bezak vazifasini utash bilan bir qatorda maʼlum ijtimoiy gʻoyalarni qam targʻib qiladi, ifodalaydi. Jahonning eng yirik sanʼat arboblari monumental B. s. bilan ham shugʻullanganlar (Leonardo da Vinchi, Rafa-el, Mikelanjelo jamoat binolarida, saroylarda oʻlmas asarlar qoldirganlar). Oʻzbekiston hududida qadimdan yirik binolar (saroy va ibodatxonalar, keyinchalik masjid va madrasalar)ga bezak berish sanʼati rivojlangan. Xalq ustalari (naqqosh, oʻymakor va b.) B.s. bilan shugʻullangan. Tuproq qalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolalikte-pa va b. yodgorliklar, turli xildagi ku-lollik, kandakorlik, toʻqimachilik kabi amaliy sanʼat turlarida ana shu sanʼ-atning nodir namunalari saqlangan. Amir Temur va temuriylar davri, undan keyingi davrlarda ham B.s.ga oid nodir yodgorliklar yaratilgan.
 
20-a.da Oʻzbekistonda B.s. yanada ri-vojlandi: Navoiy va Muqimiy teatrlari binolarining foye va zallari, Toshkent metropoliteni, Xalqlar doʻstligi saroyi va b. inshootlar be-zaklari va b. Ayniqsa mustaqillikdan soʻng bu sanʼatning yangi taraqqiyot davri boshlandi. Yangi qurilayotgan meʼmoriy binolar, madaniy inshootlar (ichki va tashqi tomonlari). B.s. ning yutuqlari bilan bunyod etilmoqda, bezak xususiyatlari boʻrttirilgan turli haykal va relyeflar yaratilmoqda.