Boburiylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 9:
16—18-a.lar mobaynida boburiylar tomonidan bunyod etilgan qator monumental inshootlar, asosan Movarounnahr va Hindiston meʼmorlik uslublarining uygʻunlashuvi — yangi "hindmusulmon uslubi" boʻyicha qurilgan. Qurilish materiali sifatida oq va qora marmardan unumli foydalanilgan. Binolar devori qimmatbaho, rangli toshlar — haqiq, marvarid, sadaf, kahrabo, zumrad, yoqut va b. hamda fil suyagi bilan bezatilgan. Qurilishga Movarounnahr, Hindiston, Eron va Turkiya meʼmorlari boshchilik qilgan. Bu davr meʼmoriy yodgorliklaridan Humoyun maqbarasi (1565), Baland darvoza (1576), Tojmahal (1632—50), Oltin ibodatxona (1764—66) jahon ahamiyatiga molik. FotihpurSikri sh. qalʼasi, Ajmir va Ollohoboddagi qalʼalar, Mathuradagi Govindadeva ibodatxonasi, Skandardagi Akbar va Eʼtimoduddavla maqbaralari, Agradagi Laʼl qalʼa, Moti masjid va Avrangoboddagi Bibika maqbarasi va b. B.d.ning yirik meʼmorlik obidalaridan hisoblanadi.
 
B.d.da miniatyura sanʼati (q. Hindisshon miniatyura maktablari) keng taraqqiy etgan. Boburiylar miniatyura maktabi (16-a. 2-yarmi — 18-a.)ga Kamoliddin Behzodnknt shogirdlari — termizlik Mirsayyid Ali va Xoʻja Abdusamad Sheroziylar asos solgan. Bu maktab vakillari dastlab tarixiy risolalar (mas, "Dostoni amir Hamza" asari) ga miniatyuralar chizish bilan shugʻullanganlar. Bu asarga bagʻishlangan miniatyuralar 12 jild (1200 tasvir) ni tashkil etgan. Keyinchalik tasviriy sanʼatda portret va animalistika janrlari ham keng tarqalgan. Mirsayyid Ali boshchiligidagi musulmon va hind miniatyurachilari narsa, voqea va hodisalar manzarasini haqqoniy ifodalashga harakat qilganlar. B.d. miniatyura maktabiga uning soʻnggi yillarida Oʻrta osiyolik musavvirlardan Farruxbek, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy, Oqo Rizo ibn Abulhasan Buxoriylar rahbarlik qilganlar. Ular "Boburnoma" (q. "Boburnoma" rasmlari), "Akbarnoma", "Zafarnoma", "Jome attavorix" kabi asarlarga nafis miniatyuralar ishlaganlar. Muhammad Murod va Muhammad Nodir Samarqandiylar "Shahanshohlik murakkaʼi" ("Imperiya albomi") uchun ishlangan portretlar (Jahongirshoh, Shoh Jahon, Shermuhammad Navob, Shiva Parvati va b.), Mirsayyid Ali moʻyqalamiga mansub 80 dan ortiq miniatyura lavhalari Vena va London muzeylarida, Muhammad Murodning "Shohnoma" (Xiva nusxasi) qoʻlyozmasiga ishlagan 115 ta miniatyurasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tidainstitutida saqpanmoqda.
 
B. d.da musiqa sanʼati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy hind musiqasi Movarounnahr va Eron musiqa sanʼati anʼanalari taʼsirida yanada boyigan. Tarixchi Xaydar Mirzo (1499—1551) ning "Tarixi Rashidiy" asarida aytilishicha, bu yerda Movarounnahr musiqiy asboblaridan torlikamonli sozlar koʻproq tarqalgan.