Dorivor oʻsimliklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 5:
D.oʻ.ning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. D.ning taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yi-gʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi ykgʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli b-n), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi.
 
Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyen dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qad. Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida D.oʻ.dan foydalanib davolash oʻzining qad. anʼanalariga ega. Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning "Al-qonun" asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hoz. vaqtda D.oʻ.ning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan. D.oʻ.dan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va b. tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va b. alkaloidlar olinadi. Anor pustidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balgʻam koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻ va lagoxilusdan tayyorlangan dorilari qon ketishini toʻxtatuvchi, pista bujgʻuni va choyoʻtdan tayyorlangan dorilar meʼdaichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmatsevtika zdida Oʻzbekistonda oʻsadigan va ekiladigan D.oʻ.dan turlituman dorilar tayyorlanadi. D.oʻ.ni topish va ulardan alkoloidlar olishda Oʻzbekistan FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining xizmati katta. Intda 4000 dan ortiq oʻsimlikning turli organlari alkoloid olish maqsadida oʻrganilib, ulardan 1000 ga yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda sitizin, galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan. Oʻzbekiston FA Botanika in-tiinstituti va Botanika bogʻining efir moyli, dorivor va boʻyoqli oʻsimliklar lab. ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan hamkorlikda Oʻrta Osiyo hududida koʻp tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng xavflisi sariq (gepatit)ni davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori boʻlgan D. oʻ. lar xom ashyolaridan tayyorlangan "Safro haydovchi Hojimatov yigʻmasi"ni yaratdilar va bu yigʻma ilmiy tibbiyotda qoʻllashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi (1997). Shuningdek, SamDU Botanika kafedrasida, Toshkent davlat farmatsevtika intida D.oʻ.ni ekib yetishtirish texnologiyasi oʻrganilmoqda. Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Xorazm Maʼmun akademiyasida D.oʻ. yetishtiradigan maxsus xoʻjaliklar bor. Yovvoyi D.oʻ. xom ashyolari asosan "Oʻzfarmsanoat" respublika davlat-aksiyadorlik konserni, matlubot shirkatlari va Oʻzbekistan Qishloq va suv xoʻjalik vazirligining "Shifobaxsh" ishlab chiqarish birlashmasi xoʻjaliklari tomonidan tayyorlanadi (yana q. [[Fitoterapiya]]).
 
== Adabiyot ==