Gidrologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 5:
Quruqlik G.si gidrografiya, gidrometriya, umumiy G., muhandislik G.si kabi oʻzaro bogʻliq boʻlimlardan iborat. Gidrografiya suv obʼyektlarining oʻrni, oʻziga xos xususiyatlari, geografik tarqalish qonuniyatlari hamda ulardan xalq xoʻjaligida foydalanish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Gidrometriya G.ning oʻlchov ishlarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaratish bilan shugʻullanadi. Umumiy G., odatda, daryolar gidrologiyasi (potamologiya), koʻl va suv omborlari G.si (koʻlshunoslik yoki limnologiya), qor va muzliklar G.si (muzshunoslik yoki glyatsiologiya), botqoqlar G.si (botqoqshunoslik yoki talmatologiya)ni oʻrganadi. Muhandislik G.si bevosita ilmiy, amaliy masalalarni hal etadi va shu maqsadda suv obʼyektlarining dinamikasini, ularning turli gidrologik koʻrsatkichlarini hisoblash hamda bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Muhandislik G.si tarkibida oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashoratlar alohida fan sifatida shakllandi va jadal rivojlanmoqda. Oʻzan jarayonlari va oʻzan oqimi dinamikasi suv massalarining harakati, toʻlqinlar, ular taʼsiri natijasida kuzatiladigan oʻzan yemirilishi, oqiziqlar rejimi, shu jarayonlar bilan bogʻliq holda oʻzan shakli va qiyofasining oʻzgarib turishini, ularning turlarini oʻrganadi. Suv transporta harakatini taʼminlash, suv inshootlari (toʻgʻonlar, koʻpriklar)ni qurish uchun tegishli xulosalar chiqaradi. Gidrologik hisoblashlar daryo oqimining koʻrsatkichlari (oqim meʼyori, eng katta va eng kichik suv sarflari, oqimning yil davomida taqsimlanishi, oqim oʻzgaruvchanligi)ni anikdash bilan shugʻullanadi. Gidrologik bashoratlar G.ning amaliy boʻlimi boʻlib, gidrologik jarayonlarni oldindan aytib berish (bashorat qilish) usullarini ishlab chiqadi.
 
G. fani oldida suv zaxiralari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli boʻlgan quyidagi vazifalar paydo boʻldi: 1) suv zaxiralarini miqdor va sifat jihatdan tejash va muhofaza qilish; 2) tabiat va antropogen omillar taʼsirida ularning oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xoʻjaligi tadbirlari (melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv zaxiralarini hududlar boʻyicha qayta taqsimlash va h. k.)ni iqtisodiy va ekologiya nuqtai nazaridan asoslash uchun kerakli gidrologik maʼlumotlar bilan taʼminlash. Ushbu muammolar zamirida G.ning yangi yoʻnalishlari — gidroekologiya, meliorativ gidrologiya (sugʻoriladigan hududlar gidrologiyasi yoki agrogidrologiya) alohida fan sifatida shakllanmoqda. G.ning suv havzalarida kechadigan tabiiy (fizik), kimyoviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy (fizik) xususiyatlarini, sifatini, biologik zaxiralarini oʻrganadigan qismlari gidrofizika, gidronime, gidrobiologiya deb ataladi. Suv havzalarining hosil boʻlishi, rivojlanishi va hududlar boʻyicha taqsimlanishi, shuningdek, ularning gidrologik tartibi tabiiy mintaqalarga xos boʻlgan — zonal va xos boʻlmagan — azonal omillar (joyning relyefi, geologik tuzilishi)ga bogʻliq. Ularni oʻrganishda G. iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya, gidrogeologiya, geomorfologiya, tabiiy geogr. kabi fanlar maʼlumotlariga tayanadi. Suv havzalarida kechadigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini oʻrganishda G. gidrodinamika, gidravlika fanlari usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa aerokosmik va matematik usullardan, zamonaviy hisoblash mashinalaridan keng foydalanadi. OʻzRda togʻli hamda sugʻoriladigan hududlar G.si boʻyicha amalga oshirilgan i. t. ishlari natijalari jahon miqyosida tan olingan. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Boshgidromet hamda Oʻrta Osiyo regional ilmich tadqiqot in-tiinstituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot in-tiinstituti, Oʻzbekiston FA Suv muammolari in-tiinstituti, Geologiya va geofizika in-tiinstituti, "Oʻzsuvloyiha" in-tiinstituti, "Toshsuvloyiha" in-tiinstituti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMU hamda Toshkent irrigatsiya va q. x.ni mexanizatsiyalashtirish muhandislari in-tininginstitutining quruqlik gidrologiyasi kafedralari olimlarining hissalari katta.
 
Ld:Rasulov A. R., Hikmatov F. H ., Umumiy gidrologiya, T., 1995.