Gippokrat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 1:
{{Maʼnolari|Gippokrat (maʼnolari)}}
'''Gippokrat''' (Hippokrates) (mil. av. 460, Kos oroli — 377, Fessaliya), Buqrot, Abuqrat — yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri. G. Yunonistonda mashhur boʻlgan shifokor gippokratlar sulolasining oʻn sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid maʼlumotni otasi Geraklitlan olgan. G. asarlari Gʻarb va Sharq vrachlari qoʻlida moʻʼtabar qullanma boʻlib keldi. G. ga 75 ga yaqin asar nisbat beriladi. "Majmuayi Buqrotiya" ("Buqrot toʻplami") nomi bilan mashhur boʻlgan bu asarlarning aksarisini G. vafotidan keyin oʻgʻillari va shogirdlari yozgan. G. asarlarini va ularga Galen bergan sharhlarni Hunayn ibn Ishoq (809877) suryoniy va arab tillariga tarjima qilgan. Ular Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. G.ning "Kitob al-Fusul" ("Aforizmlar") kitobi juda mashhur. Unga koʻp olimlar sharq berishgan, shu sharhlardan biri Oʻzbekistan FA Sharqshunoslik in-tidainstitutida 3139-raqami bilan saqlanmoqda. G. tibbiyotni kohinlar taʼsiridan qutqardi va uning mustaqil rivojlanish yoʻllarini taʼrifladi, vrach kasallikni emas, balki bemorni davolashi kerak, deb taʼlim berdi. Tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv, kishilarning hayot yoʻsini, mamlakat qonunlari va b.)ni odamga, unda jismoniy va ruhiy xususiyatlarning shakllanishiga taʼsiri jihatdan ajratdi. G. tibbiyot geografiyasiga asos soldi. Kasallik etiologiyasi (kasallik sababi) va uni aniqlash (diagnostika) masalalarini, davolash tizimini ishlab chiqdi. Shifokor xulq-atvorining qisqacha taʼrifi boʻlgan qasamyod ("Gippokrat qasamyodi") matnini ham G. yozgan deyishadi. G.ni "tibbiyotning otasi", deb ataydilar.
 
== Adabiyotlar ==