Yahyo Gʻulomov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 1:
'''Gʻulomov Yahyo Gʻulomovich''' (1908.1.5 — Toshkent — 1977.10.1) — tarix-chiarxeolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari d-ri (1950), prof. (1955). Toshkentdagi Oʻzbekiston erlar bilim yurti (inpros)ni (1926), samarqanddagi Oʻzbekiston Ped. akademiyasini (1930) tugatgan. Toshkent ped. texnikumida oʻqituvchi (1931 — 32). Ilmiy faoliyati 1933 y.dan boshlangan. Oʻzbekistonning qad. va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komiteti (Uzkomstaris)da ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933— 40). SSSR FA Oʻzbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot in-tiinstituti arxeologiya boʻlimi mudiri (1940—43). 1943 y.dan Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-tiinstituti qad. va oʻrta asrlar tarixi boʻlimi mudiri, ayni vaqtda in-tinstitut direktori vazifasini bajaruvchi (1956— 59). Shuningdek, u Toshkent pedago-gika intida "Oʻzbekiston tarixi va arxeologiyasi"dan maxsus maʼruzalar oʻqigan, 1936 y.dan bir necha arxeologik ekspe-ditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va b.) ga rahbarlik qilgan. 1938 — 50 y.larda xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiya boshligʻining oʻrinbosari sifatida qatnashib, Xorazmning sugʻorilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi boʻyicha i.t. ishlari olib borgan. Gʻ. Oʻzbekistonda tarix va arxeologiya sohalari boʻyicha oʻziga xos bay-nalmilal ilmiy maktab yaratgan. Uning Zarafshon va Fargʻona vodiylarida, shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan i.t.lari Oʻzbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning moddiy-madaniyat yodgorliklarini oʻrganishga katta hissa boʻldi. U, ayniqsa, Toshkent tarixi va uning yodgorliklarini tadqiqetishga alohida ahamiyat bergan. Toshkent kanali boʻylab, Toʻytepada maxsus arxeologik tadqiqotlar oʻtkazgan. 1966 y.dagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish boʻyicha shaharda boshlangan ulkan qurilishlar munosabati bilan Toshkentning arxeologik obidalarini qayd etish va oʻrganish maqsa-dida maxsus Toshkent arxeologiya eks-peditsiyassht tashkil etgan. "Xiva shah-rining yodgorliklari" (rus tilida, 1941 y.), "Quyi Zarafshon vodiysida ib-tidoiy madaniyat va sugʻorma dehqonchilikning paydo boʻlishi" (rus tili-da) kabi asarlar yozgan. "Oʻzbekiston tarixi" (4 j.li), "Samarqand tarixi" (2 j.li), "Buxoro tarixi"ning asosiy mualliflaridan. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002). Respublikada Gʻ. xotirasiga bagʻishlangan "Akad. Ya. Gʻulomov oʻqishlari"ni oʻtkazish ilmiy anʼanaga aylangan. Toshkentdagi koʻchalardan biri hamda Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tigainstitutiga Gʻ. nomi qoʻyilgan.
 
== Manbalar ==