Qodirjon Haydarov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 1:
'''Haydarov Qodirjon''' (1899, Qoʻqon — 1983.15.12) — yogʻoch oʻymakori, Qoʻqon yogʻoch oʻymakorlik maktabining yirik vakili, ustazoda. Oʻzbekiston xalqrassomi (1963). Oʻymakor usta Hai-dar Najmiddinovning oʻgʻli. Hunarni otasi bilan birga ishlab oʻrgangan. Otasi bilan Qoʻqon hunarmandlik maktabida dars bergan (1919—20-y.lar), 1923 y.da Moskvadagi xalq xoʻjaligi koʻrgazmasida ishladi; 1925—29 y.larda Qoʻqondagi Narimonov nomidagi in-ternatdainstituternatda, 1929—31 y.larda Qoʻqon sh.dagi yosh duradgorlar toʻgaraklariga boshchilik qildi. 1931—33 y.larda rab-fakda oʻqidi. "Yangi maʼdan" artelida usta (1936—54), Qoʻqon muzeyida taʼmirlovchi usta (1954—57). H. ustun, kursi, stol, xontaxta, quti, eshik, panjara, karavot va b. buyumlarni jo-zibador bezab shuhrat qozondi. 1958 y.dan Toshkentdagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi va Oʻzbekiston BA Markaziy koʻrgazmalar zali eshiklari, Toshkent sirki binosi uchun namoyonlar va b. koʻpgina oʻymakori asarlar yaratdi, anʼanaviy naqsh mujas-samotlarini yangi ohanglar bilan boyitdi. H.ning Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabining milliy anʼanalarini saqlab qolish va uni rivojlantirishda xizmatlari katta; koʻplab shogirdlar (X. Umarov, S. Ergashev, U. Uma-rov, A. Abdullayev va b.) tayyorlagan.
 
H. asarlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarda saklanadi. Ham-za nomidagi Oʻzbekiston Davlat muko-foti laureati (1970). Oʻzbekiston BA Qoʻqon tasviriy va amaliy sanʼat kol-lejiga H. nomi berilgan.