Iskandariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 7:
I. iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Qohiradan keyin 2-oʻrinda. Yirik transport va savdo markazi. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. MARning asosiy dengiz porti (okean kemalari ham kira oladi); kema katnaydigan Mahmudiya kanali orqali Nil bilan bogʻlangan. Suvaysh sh.dan I.ga Qohira va Tanta orqali neft quvuri oʻtkazilgan. I. porti orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 80% oʻtadi (yuk ortib-tushirish 20 mln. t). Kema-sozlik va kema remonti, mashinasozlik va metallsozlik, neft, kimyo, sement, radio-texnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan.
 
I. eski shahar va yangi shahardan iborat. I.ning qad. qismida koʻchalar toʻgʻri toʻrtburchak asosida kesishgan (mil. av. 4-a.da yunon meʼmori Deynokrat loyihasi asosida bunyod etilgan); Pompey (yoki Diokletian) kolonnasi deb ataluvchi ustun, nekropollar, katakombalar saqlangan. I. bilan damba (koʻtarma) orqali tutashtirilgan Faros o.da mil. boshlarida "dunyoning yetti moʻʼjizasi" dan biri sanalgan minora (mayoq) boʻlgan (hoz. uning oʻrnida arablar bunyod etgan qalʼa qoldiklari bor). I.ning yangi qismida keng koʻchalar, xushman-zara dengiz boʻyi, zamonaviy koʻp qavatli shinam binolar, savdo muassasalari, dengiz vokzali, masjidlar, qasr-muzeylar (Ras at-Tin, 19-a. boshi; Muntazo saroyi, 20-a. boshi; Muhammad Ali muzeyi, 20-a.), At-Tahrir markaziy maydoni (19-a. 2-yarmi), un-t, ilmiy tadqiqot in-tlariinstitutlari, koʻplab muzey (jumladan, dengiz muzeyi, nafis sanʼat muzeyi), Milliy kutubxona va b. bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==