Indoneziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 49:
 
== Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari ==
6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangich majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangich maktabda oʻqish muddati 6 y., oʻrta maktabda ham — 6 y. Davlat maktablari b-n bir qatorda xususiy mak-tablar ham bor. 1-va 2- bosqich texnika va tijorat maktablari va shunga oʻxshash oʻquv yurtlari hunar taʼlimini beradi. Oʻqituvchilar 3 y. lik ped. maktablari, ped. kollejlari va un-tlarda tayyorlanadi. Jakartadagi I. davlat unti (1950 y. da asos solingan), Milliy un-t (1949 y. da asos solingan), Jokyakar-tadagi Islom xususiy unti (1945 y. da asos solingan) va b. bor. 1967 y. da tashkil etilgan I. fanlar in-tiinstituti 10 i.t. in-tiinstituti, 40 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatni birlashtiradi. Yirik kutubxonalar: Jakartadagi Ommaviy, Parlament kutubxonalari, Bandung , Bogo-ra, Jokyakarta, Makassar, Medandagi kutubxonalar. Jakartada I. madaniyati muzeyi (1778 y. da asos solingan), Bogorada Zoologiya muzeyi (1894 y. da asos solingan) bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Qator 66:
I. xududida mezolit davri (mil. av. 7—5ming yillik)ga oid hayvon tasvirlari, neolit davriga xos toshga bitilgan yozuvlar (Sulavesi o. jan. dagi toʻngʻiz tasviri, oʻyma naqshli sopol buyumlar) topilgan. Quyi neolit davridayoq pogʻonali qoʻrgʻonlar, dolmen (tosh maqbara)lar, tosh tobutlar, jez buyumlar — odam haykallari, burama naqshli bolta va turli idishlar yaratilgan. Mil. boshlarida Nias, Sumba, Flores o.larida toshdan yasalgan obidalar xrzirgacha yetib kelgan. Keyingi davrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar, hay-kallar dinning kuchli taʼsirida yaratilgan (7—8-a. larga oid Arjuna, Shri-kandi, Bximo ehromlari, ularda Budda afsonalari asosida yaratilgan boʻrtma haykaltaroshlik asarlari). Yavada barpo etilgan Borobudur ibodatxonasi 8—9-a. lardan qolgan eng yirik yodgorlikdir. Bu exrom ulkan tosh pi-ramidaga oʻxshab ketadi. Uning aylana-si, bir necha km li supasi diniy syu-jetli rasmlar b-n bezatilgan. Borobudur yaqinida saklangan haykallar ham diniy mavzular asosida yaratilgan. 8-a. oʻrtalaridan Mataramda hinduilik rasmiy dinga aylangach, binolar — Lar Jongrang (9-a.), (14—15-a. lar) va b. ibodatxonalar hinduilik ruhida qurilgan. 13—15-a. larda Majapaxit imperiyasi davrida hind madaniyati taʼsiri susayib, mahalliy anʼanalar ahamiyati kuchaydi. 16-a. dan masjid va madrasalar qurila boshladi.
 
18—20-a. larda I. shaharlari qurili-shiga Yevropa (ayniqsa, golland) meʼmorligi katta taʼsir koʻrsatdi. Jakar-ta, Bandung va b. shaharlarda maʼmuriy binolar, mehmonxona, in-tinstitut, kasalxona, stadion, sanoat korxonalari va b. inshootlar funksionalizm ruhida qurildi. Turar joy va jamoat bi-nolari qurilishida tropik iqlim xu-susiyatlari hisobga olindi (Bandungdagi texnologiya in-tiinstituti va b.).
 
I. sanʼatining yirik markazi — Bali o. da xukmdorlarning qoyalardagi maqbaralari (11 — 12-a. lar) da, 14—15-a. larga oid ehromlarda devoriy rasmlar saklangan. Kitob mini-atyurasi ham rivoj topgan. Xalq sanʼati rivojini yogʻochdan qurilgan bi-nolarda, metall, yogʻoch, suyak buyumlar, gulli matolarda koʻrish mumkin. 17-a. dan boshlab, golland mustamlakachilari va b. bosqinchilarning jabr-zulmi I. sanʼati rivojiga putur yetkazdi. Milliy ozodlik harakati taʼsirida zamonaviy sanʼat shakllandi (I. rassomlari uyushmasi, 1937—38 y. lari asos solingan). Ozodlik uchun kurash mavzui S. Sujoyono, K. Affandi, B. Abdulloh, I. B. Made va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. Qad. anʼanalarga ega boʻlgan xalq amaliy sanʼati mustaqillik yillarida gurkirab rivojlandi.