Ispaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 66:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 y.lik majburiy taʼlim joriy etilgan. 4 y.lik boshlangich, 7 y.lik oʻrta maktablar bor. Kuchaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari ishlaydi. Boshlanrich maktab oʻqituvchilari 3 y.lik ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari un-tlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat un-ti, 4 katolik un-t, 3 ta politexnika in-tiinstituti bor. Eng yiriklari: Salamanka (1218), Barselona (1430), Sevilya (1502), Madrid (1508) un-tlari, Sirtqi taʼlim unti (1972), Bilbao unti (1968), Va-lensiyadagi Politexnika un-ti, Santyago-dekompostela sh.dagi un-t. Mamlakatdagi i.t. ishlarini 1939 y.da tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengashi uyushtiradi va muvofiqlashtiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi (1713), Huquqshunoslik va qonunchilik rollik akademiyasi (1730), Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi (1732), Bar-selonadagi Fan va sanʼat qirollik akademiyasi (1764), Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi (1857). Bir qator ilmiy tadqiqot in-tlariinstitutlari mavjud. I.da 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona (1712) va un-t ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. I.da 90 muzey boʻlib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi (1819), Milliy arxeologiya muzeyi (1867), Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. I.da 120 ga yaqin gaz. va 900 jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: "Pays" ("Mamlakat", kundalik gaz., 1976 y.dan), "Vanguardia" ("Ilgor", kundalik gaz., 1981 y.dan), "Diario-16" ("Gazeta-16", kundalik gaz., 1976 y.dan), "Levante" ("Sharq", kundalik gaz., 1939 y.dan), "Kambio-16" (haftalik jur., 1972 y.dan), "Destino" ("Tak,dir", haftalikjur., 1942 y.dan). I. ax-borot agentligi — EFE 1939 y. 3 noyab. da tashkil etilgan. I.da radioeshittirish 1919 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1956 y.dan olib boriladi. I. radiosi va te-lekoʻrsatuvi hukumat hamda siyosiy partiyalar vakillaridan iborat kengash tomonidan boshqariladi, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. I. milliy radiosi va I. telekoʻrsatuvi davlat mahkamasi mavjud.
Qator 114:
 
== Kinosi ==
Birinchi kinofilm 1896 y. namoyish etilgan. Keyinchalik "Qahvaxonadagi janjal" (1898), "Doroteya" (1898), "Tekin pivo" (1906) kabi fil-mlar ishlandi. 1905 y. I.da A. Kuesto suratga olgan birinchi badiiy film yuzaga keldi. 1906 y.da Barselonada birinchi kinofirma — "Ispano films" ga asos solindi. Birinchi ovozli film ("Tuproqdagi suv") 1934 y. yaratildi. I.dagi milliy inqilobiy urushni aks ettiruvchi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida "Gʻallasiz yer" kinosi ijtimoiy masalaga bagʻishlangan. I.da Franko rejimi davrida koʻngil ochar filmlar ishlab chiqarila boshladi. 50-y.larda "Xush kelibsiz, janob Marshal!" (1953), "Velosipedchining oʻli-mi" (1955), "Shoh koʻcha" (1956), "Jallod" (1963), "Ov" (1965), "Qargʻalarni bok" (1975), "Yanvarda yetti kun" (1979), "Milliy boylik" (1981) kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning "Viridiana" (1961) kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va b. I. kinosining mashhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakchi rej.laridir. I.da Milliy kinematografiya in-tiinstituti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival oʻtkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film ishlab chikariladi.
 
 
Qator 126:
I. kompaniya va firmalari b-n hamkorlik sohasida Buxoro viloyati suv taʼminoti tizimini takomillashtirishga kirishildi. 15 mln. yevro qiyma-tiga ega boʻlgan bu loyiha I. hukumatining imtiyozli va tijorat krediti hisobidan amalga oshiriladi. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi b-n "Altiyeri Vinikola" firmasi Oʻzbekistonda vino ishlab chiqaradigan "YANIS" qoʻshma korxonasini barpo etdi. "Oʻzfarmsanoat" konserni b-n I.ning "Krupak" kompaniyasi bint va jarrohlik dokasi ishlab chikaradigan korxona barpo etish uchun 7,9 mln. yevro mikdorida pul sarfladi. OʻzRda I. sar-moyasi ishtirokidagi 11 korxona tashkil etilgan.
 
Oʻzbekiston FA in-tlariinstitutlari b-n I. Milliy tadqiqot kengashi oʻrtasida quyosh energiyasini fotoelektr usulida oʻzgartirish, yarim oʻtkazgichli materialshunoslik sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR Jahon tillari unti I.ning Granada, Madrid, Alkala de Enares va Malaga un-tlari b-n hamkorlik oʻrnatgan. Toshkentdagi shu un-tda ispan tili va madaniyati markazi ochilgan. Granada va Buxoro un-tlarining hamkorlik qilishi haqida keli-shib olingan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->