Shimoliy Makedoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 37:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
M.da 7—15 yoshdagi bolalar uchun 8 y.lik asosiy maktab doirasida majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Shu maktab negizida oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziya va kasb-hunar maktabi tashkil etilgan. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Skopyeda un-t (1949 y.da tashkil qilingan, uning huzurida iqtisodiy i.t. in-tiinstituti bor) va ped. akademiyasi. M. fan va sanʼat akademiyasi, milliy tarix in-tiinstituti, folklor, geol., veterinariya in-tlariinstitutlari, Oxrid sh.da gidrobiol. in-tiinstituti, Strumitsa sh.da paxta in-tiinstituti, 20 ga yaqin ilmiy jamiyat mavjud. Skopyeda xalq kutubxonasi, un-t kutubxonasi, tarixiy arxiv, arxeologiya (1924), tarix (1926) muzeylari, rasmlar galereyasi (1948), etn. muzeyi (1949), Oxridda tarix va rayem muzeylari bor.
 
 
Qator 59:
 
== Musiqasi ==
Xalq musiqasi xilma-xil va oʻziga xos boʻlib, asosan, 2 ovozli qoʻshiq va cholgʻu kuylaridan iborat. Musiqa asboblari orasida tapan, darbuka, doyra kabi urib chalinadigan, shu-pelka, zurla, kaval kabi puflab chalinadigan, gusle, kara kabi torli, kamonli va chertib chalinadigan turli sozlar bor. Doyra boʻlib qoʻshiq aytish va raqsga tushish keng tarqalgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida M.da musiqa madaniyati rivojlandi, madaniy-maʼrifiy jamiyatlar vujudga keldi. 1895 y. Skopyeda duxovoy orkestr, 1907 y. "Vardar" qoʻshiqchilar jamiyati tashkil topdi. 1928 y. S. Arsich birinchi musika maktabini ochdi. S. Gaydov, J. Firfov kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chiqdi. 2-jahon urushi davridagi xalq ozodlik kurashida qoʻlga qurol olib qatnashgan makedon kompozitorlari vatanparvarlik ruhidagi ommaviy koʻshiqlar ham yaratishdi. 60— 80-y.larda G. Prokopyev, K. Makedonski, T. Zografski, T. Proshev kabi kom-pozitorlar opera va balet janrlarida barakali ijod qiddilar. Skopyeda Filarmoniya (1944), M xalq teatrida opera truppasi (1947), Folklor in-tiinstituti (1950), radio xori (1945), oʻrta musiqa maktabi, Oliy ped. in-tidainstitutida musiqa kafedrasi mavjud. M.ning Oʻzbekistondagi madaniyat kunlari doirasida Tosh-kentda 20-a. kompozitorlari asarlaridan konsertlar oʻtkazilgan.