Meksika: Versiyalar orasidagi farq

12 bayt qoʻshildi ,  9 yil oldin
k
in-t → institut
k (Boʻlimlarni vikifikatsiyalash)
k (in-t → institut)
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 y., oʻrta maktabda 5 va 6 y. 6—15 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim — bepul. Davlat maktablaridan tashqari, koʻpgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 60 ta un-t mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor unti (1551), Milliy politexnika in-tiinstituti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi un-tlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo in-tiinstituti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi — Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boshqa shahar va un-tlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy sanʼat muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va b.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da 2 mingdan koʻproq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kundalik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: "Dia" ("Kun", 1962 y.dan), "In-formador" ("Xabarchi", 1917 y.dan), "Universal" (1916 y.dan), "Uno maye uno" ("Bir plyus bir", 1977 y.dan), "Ekselsior" (1917 y.dan), "Eraldo de Mexiko" ("Meksika xabarnomasi", 1965 y.dan); Informasones Mexikanas — Informeks Milliy axborot agentligi aksiyadorlik jamiyati boʻlib, 1960 y.da tuzilgan. Notisias Mexikanas — Notimeks xukumat axborot agentligi boʻlib, 1968 y.da tashkil etilgan. M.da mingdan koʻproq radio va 700 dan ortiq telest-ya bor. M.ning yetakchi "Televisa" telekoʻrsatuv tijorat konsorsiumi 1973 y. tuzilgan. Milliy radio va televideniye sanoati palatasi 1942 y. tashkil etilgan.
 
== Teatri ==
M. teatr sanʼati qad. indeyslarning diniy marosimlari asosida vujudga kelgan. Afsonalar asosida diniy, dunyoviy va hajviy tomoshalar koʻrsatilgan. M. 16-a.da yevropaliklar tomonidan istilo qilinganidan keyin xalq sanʼati quvgʻinga uchradi. Ammo cherkovning qarshiligiga qaramay, 1597 y.dan Mexikoda "Komediya uyi" teatri ishlay boshladi, 1670 y. birinchi doimiy "Koliseo" xalq teatri ishga tushdi, Gvadalahara (1758), Verakrus (1787) sh.larida ham doimiy teatrlar ochildi. 1923 y. Dramaturglar uyushmasi milliy teatr madaniyatini yaratishda faol ishtirok etdi. 1946 y. Mexikoda Milliy nafis sanʼat in-tiinstituti, uning huzurida esa aktyorlar va rej.lar tay-yorlaydigan maktab ochildi. Eng mashhur teatrlari: "Ximenes Rueda", "Idalgo", "Xoda", "Reforma", "Insurxentes", Bolalar teatri, "Ginol" qoʻgʻir-choq teatri va b.
 
 
516 159

ta tahrir