Panama: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 33:
Sanoati zaif rivojlangan boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 9% ni tashkil etadi. Oz miqsorda oltin, mis rudasi, neft qazib olinadi. I.ch. sanoati oziq-ovqat (qand-shakar, konservalar, quritilgan va quyultirilgan sut, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, baliq uni, tamaki mahsulotlari va b.), yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tikuvchilik, qogʻoz, sopol va sement sanoatining mayda korxonalaridan ibo-rat. Las-Minasda chetdan keltirilgan va mahalliy neftni qayta ishlaydigan z-d bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 2,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Panama, Kolon, Nata. Panama kanali orqali yiliga 14 mingtagacha kema oʻtadi. Bu kanal roʻyxatga olingan kemalar soni va ularning umumiy yuk hajmi jixatidan dunyoda l-oʻrinda, Kolon Erkin zonasi esa ahamiyati va eksport-import operatsiyalari hajmi jihatidan 2-oʻrinda turadi. Asosiy dengiz porti va xalkaro aeroporti — Panama, muhim dengiz porti — Kolon. T.y. uzunligi — 583 km, avtomobil yoʻllari —10 ming km. Chetga banan, neft mahsulotlari, qand-shakar, yogʻoch, qisqichbaqa va b. chiqaradi, chetdan mashina va asbob-uskuna, metall buyumlar, xom neft, kimyoviy mollar, oziq-ovqat va b. oladi. Asosan AQSH, Venesuela, Kostarika, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Italiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — balboa.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar Panama un-tining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. 1946 y.dan majburiy 8 yliktaʼlim toʻgʻrisidagi qonun amal qiladi. Boshlangʻich maktab shaharlarda 6 y.lik (7 yoshdan 13 yoshgacha), qishloq joylarda —3 va 4 y.lik. Oʻrta maktab 6 y.lik boʻlib, 2 turkum, yaʼni 3 y.lik ijtimoiy fanlar va 3 y.lik tabiiyotmat. fanlari litseylaridan iborat. Hunartexnika taʼlimi texnika, q.x., tijorat bilim yurtlari va boshlangʻich maktab yoki oʻrta mak-tabning bir turkumi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim Panama un-ti (1935 y.da asos solingan) va Santamariya la Antigua xususiy katolik un-tida (1965) beriladi. Mamlakatdagi i.t.lar Milliy fan kengashi (1963) tomonidan muvofiklashtirib turiladi. P. milliy FA (1942), P. til akademiyasi, P. tarix akademiyasi (1942), Milliy arxeologiya va tarixiy yodgorliklar akademiyasi (1946), Indeys xalklar madaniyatini oʻrganish in-tiinstituti (1952), Iktisodiy rivojlanish in-tiinstituti (1953), Panamerika tarix va geogr. in-tiinstituti, Panama un-ti huzuridagi i.t. muassasalari i.tlar olib boradi. P. un-ti kutubxonasi (1935), Milliy kutubxona (1892), P. milliy muzeyi (1925) va b. bor.