Parkent tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 7:
Tuman hududida 70 oilaga mansub 1000 dan ziyod oʻsimlik turi qayd etilgan. Shundan 200 ga yaqini dorivor oʻsimliklar. Adirlarda efemer va efemeroidlar hamda koʻp yillik oʻsimliklar tarqalgan. Ayniqsa, dukkakdoshlar, labgul-doshlar, murakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻsimlik turi koʻp. Togʻ etaklarini oʻtloklar, yon bagʻirlarini archazorlar qoplagan. Baʼzi joylarda yongokzorlar, tog pistasi, naʼmatak, olcha, olma, zirk, doʻlana va b. oʻsimliklar uchraydi. Daryolarning yuqori oqimi vodiylarida terak, tol, kamxastak, jingil, olcha kabi daraxtlar usadi. 2400 m balandlikdan yuqorida joylashgan togʻ choʻlida Oʻzbekistonning "Qizil kitoboiga kiritilgan Grey va Kaufman lolalari, sovunildiz, piskom piyozi uchraydi. Yovvoyi xdyvonlardan 200 turga yaqin qush, 33 tur sut emizuvchi, 11 tur sudra-luvchi, 4 tur baliq yashaydi. Parrandalardan chumchuqsimonlar va yirtqich qushlar guruxlari mavjud. Ulardan quzgʻun, pakana burgut, qora kalxat Oʻzbekiston "Qizil kitob"iga kiritilgan. Sut emi-zuvchilardan boʻrsiq, choʻl mushugi, suvsar, oqsichqon, latcha, boʻri, qobon, al-qor, bugʻular uchraydi. Kemiruvchilardan jayra, sugʻur, yumronqoziq, oʻrmon olmaxoni, quyon va b. bor.
 
P.t. hududida Oʻzbekiston Respublikasi FAga qa-rashli "Quyosh" majmuasi, Materialshunoslik in-tiinstituti, Seysmologiya in-tininginstitutining magnitionosfera rasadxona-si, "Koinot" il-miy i. ch. birlashma-sining "Nevich" eksperimental ba-zasi, Soʻqoq gidromeliorativ styasi, togʻ-oʻrmon xoʻ-jaligi, Chatqol biosfera qoʻrikxonasi joylashgan. P.t. oʻzining dam olish maskanlari bilan mashhur. Bu yerda "Soʻqoq", "Kumushkon", "Sumcha", "Qi-zilsoy" kabi mavsumiy va doimiy dam olish uylari, 10 dan ziyod bolalar yozgi oromgoxlari va bir qancha korxonalar chorbogʻlari mavjud. Dam olish uylari yil davomida viloyatlar va xorijdan kelgan 10 mingdan ortiq kishiga xizmat koʻrsatadi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (79,3%), shuningdek, tojik (13,8%), qozoq (4,5%), qirgʻiz (2%) va b. millat vakillari (0,4%) ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 106 kishi. Shaharliklar 45,5 ming kishi, qishloq aholisi 69,5 ming kishi (2003).