Muhitdin Qoriyoqubov — versiyalar orasidagi farq

k
in-t → institut
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (in-t → institut)
'''Qoriyoqubov Muhitdin''' (1896.1.5, hoz. Fargʻona — 1957.22.2, Toshkent) — ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, oʻzbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi (1923), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1930), Oʻzbekiston xalq artisti (1936). Dastlab eski maktab, 1912—14 y.larda madrasada tahsil koʻrib, qiroatni yaxshi egallagan, qori sifatida ham tanilgan. Yoshligidan xalq ashulachilik anʼanalarini oʻzlashtirgan Q., ayni paytda yangi sanʼat shakllariga qiziqib, Fargʻonada mahalliy sozandalardan iborat ilk puflama sozlar orkestrlarida ishtirok etgan, orkestrni tashkil etgan (1916). Konsertlarda faol qatnashib, xalq va mumtoz ashulalar ("Yoʻl boʻlsin", "Gʻayra-gʻayra", "Olmacha anor", "Koʻcha bogʻi" va h.k.)ni ijro etgan.
 
Fargʻona oʻlka musulmon siyosiy dramatik truppasida aktyor, rej. (1918— 20) va rahbar (1921) boʻlib, Fargʻona va Zakaspiy frontlari va hududlarida madaniy xizmat qilgan. Toshkentda K.Shorshteyn teatr-studiyasi (1919), Moskvada teatr sanʼati in-tiinstituti (1922—24)da tahsil koʻrgan. Tamaraxonim bilan "Sharq kechalari" (Moskva), Jahon amaliy sanʼat koʻrgazmasi (1925, Parij), shuningdek Berlin konsert sahnalarida oʻzbek qoʻshiq, yalla va laparlarini yangicha talqin etib, zamonaviy oʻzbek synʼatini ilk bor Yevropada targʻib etgan.
 
1926 y, Samarqandda Oʻzbek davlat sayyor konsert etnografik truppasini tashkil qilgan, u bilan Rossiya, tatariston, Gruziya va b. joylarda gastrolda boʻlgan. Q. Qoʻqon va Andijon musiqali teatrlari shakllanishida ham faol ishtirok etgan. 1927—28 y.larda bu teatrlarda badiiy rahbar, rej. (M. Miroqilov b-n) sifatida qatnashib, teatr jamoalarini qayta tuzgan, oʻzi spektakllarda bosh rollarni oʻynagan: Neʼmat ("Halima", Gʻ.Zafariy), Farhod ("Farhod va Shirin"; Xurshid pyesasi, Sh.Shoumarov, Toʻychi hofiz va Yu.Rajabiylar musiqalashtirgan), Sultonbek ("Arshin mol olon", U. Hojibekov) va b. Konsertetnografyk truppasi zaminida Oʻzbek davlat musiqali teatrinn tashkil qylgan, uning aktyori, direktori va badiiy rahbari boʻlgan (1929—33).
516 159

ta tahrir