Qovun: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k in-t → institut |
||
Qator 1:
'''Qovun'''— qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik oʻt oʻsimliklar turi; poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Jan.-Gʻarbiy Osiyo va Afrikada uchraydi. Madaniy navlarining vatani — Kichik va Oʻrta Osiyo (2 ming y. dan beri ekiladi). Q. Jan. Yevropada, Osiyoning koʻpgina r-nlarida, Shim. Amerika (AQSH) va b.da yetishtiriladi. Markaziy Osiyoda q. [[ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida 1-oʻrinda turadi]]. Q.ning madaniy kenja turlari: Oʻrta Osiyo Q.i, Kichik Osiyo Q.i, Yevropa Q.i; yarim madaniy kenja turlari: ilonsimon Q., xitoy Q.i; yovvoyi hamda itqovunlar bor. Ildizi oʻqildiz. uz. 1 m gacha boradi. Palagi ingichka, yotib oʻsadi. Juda koʻplab yon shoxlar chiqaradi. Barglari uzun bandli, palakda ketma-ket joylashgan. Gultoji sariq, odatda, besh tojbargli, otaliklari beshta, changdonlari ikki uyali, bir uyli, ayrim jinsli. q. [[mevasining shakli turlicha (yumaloq]], [[ovalsimon]], [[choʻzinchoq va b]].). Poʻsti qalin (1,5—2 sm), oʻrtacha (1 — 1,5 sm), yupqa (0,5— 1,4 sm), qattiq; eti juda yumshoq, yumshoq, kuvrak, sersuv, sershira, qumoq, baʼzilariniki tolali, rangi oq, qizil, sargʻish, yashilroq. Urugʻi oq, och sariq va sariq. 1000 dona urugʻi vazni 30—45 g . Naviga qarab Q. vaznida eti 63—84, poʻsti 10—30. urugʻi va urugʻtutarlari 3,1—7,7% ni tashkil etadi. Mevasi garkibida 8—20% quruq modda, 18% qand (saxaroza), 0,1—0,7% kletchatka, 0,2—35,2 mg% S, RR vitaminlari, folat kislota, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va b. mikroelementlar bor.
Q. issiqsevar, yorugʻsevar oʻsimlik, qurgʻoqchilikka va tuproq shoʻrlanishiga chidamli. Jahonda eng yaxshi Q.lar Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navi yaratilgan. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik
Erta hosil olish uchun issiqxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida koʻchatidan ekib yetishtiriladi.
|