Ruminiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 54:
Tashqi iqtisodiy aloqalari.R. chetgatraktor, avtomobil, transport vositalari, kimyoviy oʻgʻit va neft mahsulotlari, qora metallar prokati, quvur, mebel, sement, poyabzal, gazlama, tovush yozish apparatlari, mineral xom ashyo va b. chikaradi. Chetdan turli mashinamexanizmlar, kimyoviy mollar, yokilgʻi va xom ashyo, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari keltiradi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Rossiya, Fransiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — ley.
== Tibbiy xizmati ==
Davlatga qarashli poliklinika va kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika in-tidainstitutida, oʻrta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. R.da 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng mashhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBrashov va b.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. R.da taʼlim tizimi kuyidagicha: 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalar bogʻchalari mavjud. 6 yoshdan 8 y.lik maktabda taʼlimtarbiya beriladi, soʻng 2 y.lik litsey boskichi boshlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oshiriladi. Litseyni bitirganlar oliy oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishi mumkin. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Buharest un-ti (1864), KlujNapoka, Brashov, Krayova, Galats, Yassi, Timishoara sh.larida untlar, politexnika intlari va b. oʻquv yurtlari bor. R.da Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Q.x. fanlari va oʻrmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy FA, ularning filiallari va i.t. institutlari, idoraviy i.t. institutlari bor. FAning kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buharest un-tining markaziy kutubxonasi, politexnika in-tininginstitutining kutubxonasi va b. kutubxonalar, shuningdek, tasviriy sanʼat, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. R.da koʻpgina gaz., jur. va byulletenlar nashr etiladi. Eng muximlari: "Adeverul" ("Haqiqat", mustaqil kundalik gaz., 1989 y.dan), "Az" ("Bugun", kundalik gaz., 1990 y.dan), "Viktorul rominesk" ("Ruminiya kelajagi", kundalik gaz., 1990 y.dan), "Vyasa kapitaley" ("Poytaxt hayoti", kundalik gaz., 1990 y.dan), "Demokratsiya" ("Demokratiya", haftanoma, 1990 y.dan), "Dreptatya" ("Adolat", kundalik gaz., 1990 y.dan), "Lumya az" ("Bugungi dunyo", mustaqil tashqi siyosat haftanomasi, 1963 y.dan), "Rominiya libere" ("Ozod Ruminiya", kundalik mustaqil gaz., 1943 y.dan), "Tribuna ekonomika" ("Iqgisodiy minbar", haftalik jur., 1990 y.dan). A. M. Pres — Mustaqil xususiy agentlik, 1991 y. asos solingan; Milliy axborot agentligi — Rompres, 1990 y. "Ajerpres" agentligi qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989 y. Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan.
Qator 80:
 
== Kinosi ==
Filmlar 1897 y.dan suratga olina boshlagan. 1911 y. birinchi film — "Peshonaga yozilgan muhabbat" ishlab chiqarildi. 1950 y. "Vodiy jarangi", 1952 y. "Mitrya Kokor" filmlari yaratildi. 20-a.ning 2-yarmida "Tashnalik", (rej. M. Dregan), "Dunay toʻlqinlari" (rej. L. Chuley), "Panjarasiz osmon" (rej. F. Muntyanu), "Hokimiyat va haqiqat", "Fitna" (rej. M. Markus), "Devor" (rej. K. Vayeni), "Lahza" (rej. Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga mashhur. Tanikli aktyorlari — R. Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va b. 1963 y. kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y.L.Karajale nomidagi teatr va kino sanʼati in-tidainstitutida tayyorlanadi.