Sibelius Yan: Versiyalar orasidagi farq

k
in-t → institut
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (in-t → institut)
SIBELIUS (Sibelius) Yan (Yuxan Kristian) (1865.8.12, Xyamenlinna — 1957.20.9, Yarvenpya, Xelsinki yaqinida) — fin kompozitori. Milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan, musiqiy romantizm vakili. Xelsinkidagi musika in-tiniinstitutini tugatgan (1889). S. ijodi xalqchillik bilan sugʻorilgan, yorqin milliy kolorit, ulugvorlik, samimiylik, kuychanlik va garmonik boyligi bilan ajralib turadi. Simfonik musiqa ustasi sifatida tanilgan S. 7 simfoniya, "Kalevala" eposi mavzulari asosida "Lemminkyaynen" syuitasi (4 simfonik afsona — "Tuonel oqqushi" va b.dan iborat), poemalar ("Finlyandiya" va b.), "Xazin vals", 3 syuita, skripka va orkestr uchun konsert, shuningdek, "Minoradagi qiz" operasi, "Skaramush" baleti, vokal, kamer va b. asarlar muallifi.
 
Xelsinkidagi Musika akademiyasiga S. nomi berilgan (1939). 1950 y.dan Xelsinkida har yili "Sibelius haftaligi" musiqa festivali oʻtkaziladi. S. nomida xalqaro mukofot taʼsis etilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
516 159

ta tahrir