Sloveniya: Versiyalar orasidagi farq

4 bayt qoʻshildi ,  8 yil oldin
k
in-t → institut
k (Boʻlimlarni vikifikatsiyalash)
k (in-t → institut)
Koʻpgina xalq kuylariga nemisavstriya hamda venger xalq musiqa anʼanalarining yaqinligi xos. S.da mavsum, marosim (koledalar), tarixiy, qahramonlik, sevgi, hazil qoʻshiqlari mavjud. Koʻp ovozli kuylash keng tarqalgan. Xalq cholgʻu asboblardan lab garmonikasi, skripka, klarnet va b. mavjud. Professional musika sanʼati monastirlarda (12-a.dan) hamda cherkovlar huzuridagi ashula maktablari (13-a.
 
dan)da rivoj topdi. Ilk kompozitorlar orasida Ya. Gallus (diniy va dunyoviy koʻp ovozli asarlar yaratgan) alohida ajralib turadi. 17-a. kompozitorlaridan vokal va cholgʻu asarlar mualliflari G. Plavets (Plauts), Ya. B. Dolar, I. Posh (Poxius) barakali ijod qildilar. 18-a.da Lyublyanada Filarmoniya akademiyasi tashkil etildi. Ya. Zupan, Ya. Novak dastlabki operalarni yozdilar. 1892 y. Lyublyanada S. teatri ochildi, 1919 y. konservatoriya (1939 y.dan Musika akademiyasi), 1934 y. Musika tarixi inti, 1939 y.da filarmoniya ish boshladi. 20-a.ning 2-yarmida S. radio va televideniyesi huzurida xor va estrada orkestri, Lyublyana un-ti huzurida musiqashunoslik in-tiinstituti tashkil etildi. Zamonaviy kompozitorlardan D. Shvara, P. Ramovsh, I, Petrich; dirijyorlardan S. Xubad, D. Jebre, sozandalardan D. Tomishich, M. Lipovshesh, I. Ozim, xonandalardan L. Koroshech, V. Bukovetslar mashhur.
 
 
516 159

ta tahrir