Evolutsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{boshqa manolari|biologik evolutsiya|Evolutsiya|Evolutsiya (maʼnolari)}}
{{evolutsiya}}
'''Evolyutsiya''' (biologiyada) - tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. E.da tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolyutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi (q. [[Mikroevolyuiiya]]). E.ning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (q. [[Genlar dreyfi]]), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolyutsion oʻzgarish yangi turlarning hosil boʻlishiga (q. [[Tur hosil boʻlishi]]) yoki turining oʻzgarishiga olib keladi. E. sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari, tezligi va uning umumiy qonuniyatlari evolyutsion biol. oʻrganadi (q. [[Evolyutsion taʼaimot]]). Baʼzan "E." terminining filogenez termini sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi. "E." soʻzi birinchi marta Shveysariya tabiatshunosi va faylasufi Sh.Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda qoʻllangan.
 
[[Biologiya]]da '''evolutsiya''' ({{lang-la|evolution}} — „avj olish“) atamasi ostida [[organizm]]lar guruhi ichidagi [[irsiyat|irsiy]] belgilardagi farqlar kelib chiqishi tushuniladi. Bu belgilar [[biologik koʻpayish|nasl qoldirish]] oqibatida ajdodlardan avlodlarga koʻchirulivchi [[gen]]lar ifodalanishidir. Shu genlardagi [[mutatsiya]]lar oʻzgargan yoki yangi belgilar keltirib chiqarib, organizmlar orasidagi farqlarni paydo qila oladi. Yangi belgilar, shuningdek, organizmlar guruhlari yoki turlar orasida ([[gorizontal gen koʻchishi]] oqibatida) ham kelib chiqishi mumkin. Biologiyada, evolutsiya ushbu belgilarning [[tabiiy tanlanish]] va/yoki [[genetik dreyf]] oqibatida tayinli bir guruh ichida keng tarqalishi yoki aksincha, yoʻqolib ketishida namoyon boʻladi, deb qabul qilingan.