Hamid Sulaymonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 1:
'''Sulaymonov Hamid Sulaymonovich''' (1910.5.5 — Toshkent — 1979. 8.6) — adabiyotshunos, matnshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Filol. fanlari d-ri (1961), prof. (1971). Moskva kinematografiya in-tiniinstitutini tugatgan (1932). Toshkent ped. in-tiinstituti oʻqituvchisi, kafedra mudiri va ToshDU dotsenti (1935—50). 50y.larda qatagʻonga uchragan. 60y.larda oklangan. Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tiinstituti sektori mudiri (1962—67). Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1967— 69) va Qoʻlyozmalar in-tiinstituti (1978—79) direktori. Asosiy ilmiy faoliyati Alisher Navoiy lirikasining tekstologik tadqiqotlariga bagʻishlangan. Navoiy qoʻlyozmalari bibliografiyasini tuzgan (1946—47) va shoirning "Badoye ulbidoya", "Navodir unnihoya" devonlari qoʻlyozmalarini topib (1959), ular shoir tomonidan tuzilganligini isbotlagan. "Xazoyin ulmaoniy" tanqidiy matnini tuzgan va nashr ettirgan (1958—60). "Devoni Foniy" qoʻlyozmalarini (Fransiyadan) topib, fotonusxa asosida nashr ettirgan (1965). Hofiz Xorazmiyning 2 j.li "Devon"i fotonusxasini Haydarobod (1975, Hindiston)dan Toshkentga olib kelib (1977), soʻz boshi yozib chop ettirgan (1980). Xattotlik va kitobat sanʼatiga oid ilmiy asarlar yozgan. "Boburnoma"ga ishlangan rasmlar" (1959), "Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar" (1980, F. Sulaymonova bilan hamkorlikda), "Amir Xusrav asarlariga ishlangan rasmlar" (1983, F. Sulaymonova bilan hamkorlikda) albomlarini tuzgan va chop ettirgan. Toshkent, Andijon, Qoʻqon, Samarqand, Jizzax sh.dagi adabiyot muzeylari hamda Qoʻlyozmalar in-tininginstitutining tashkil etilishiga rahbarlik qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). Toshkent sh.dagi koʻchalardan biriga S. nomi berilgan.
 
{{stub}}