Toshkent tibbiyot akademiyasi — versiyalar orasidagi farq

k
in-t → institut
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (in-t → institut)
'''Toshkent tibbiyot akademiyasi''' — respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 y. 29 iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent sh.da 1- va 2- Toshkent davlat tibbiyot in-tlariinstitutlari negizida (q. [[Toshkent birinchi tibbiyot instituti]], [[Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti]]) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tib-biyot kadrlarini tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 oʻquv f-ti (davolash, tibbiypedagogi-ka, stomatologiya, tibbiy profilak-tika hamda oliy hamshiralik ishi), 58 kafedra, aspirantura, markaziy i.t. va markaziy klinik lab., 2200 oʻrinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boʻli-mi, muzey, akad. litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bos-maxona bor. Hoz. 7000 ga yaqin talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 40 mutaxassislik boʻyicha 280 dan ziyod rezident taʼlim oladi (2005). T.t.a. Toshkent sh.dagi yirik kasalxonalarda qoʻshimcha klinik bazalarga ega. Akademiyada 1100 oʻqituvchi, shulardan 10 ga yaqini Oʻzbekiston FA va x&tqaro aka-demiyalar akad., 200 dan ziyod fan dri, prof., 600 dan ziyod fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi.
 
T.t.a. huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha 6 ta ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Akademiya ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.
516 159

ta tahrir