Viktor Uspenskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 1:
'''Uspenskiy Viktor Aleksandrovich''' [1879.19(31).8, Kaluga 1949.9.10, Toshkent] — kompozitor, etnograf, pedagog , musiqa jamoat arbobi, sanʼatshunoslik d-ri (1943). Oʻrta Osiyo musiqiy folkloristikasi asoschilaridan.
 
Turkmenistan (1929) va Oʻzbekiston (1937) xalq artisti. Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1913). 1917 y.dan Toshkentda. Turkiston xalq konservatoriyasi (1918), Maorif xalq komissarligi huzuridagi musiqiy etnografiya seksiyasi (1920) tashkilotchilaridan. Toshkent xalq konservatoriyasining Eski shahar boʻlimi rahbari (1919—22), Buxoro Sharq musiqa maktabida oʻqituvchi (1923), Oʻzbek musiqa texnikumi (hoz. Toshkent musiqa kolleji)da millim musiqa boʻlimi rahbari (1928—34), Sanʼatshunoslik in-tidainstitutida musika kabineti mudiri (1932—49), Toshkent konservatoriyasida pedagog (1936 y.dan), prof. (1943—49).
 
U. 1919—23 y.lar Oʻrta Osiyo xalklarining etnofafik konsertlarini uyushtirgan. Ota Jalol, Ota Gʻiyoslardan Shashmaqomning cholgʻu va ashula boʻlimlarini (1923), Sh. Shoumarovdan Fargona — Toshkent maqom yoʻllari (1934)ni notaga olgan. Folkloretnofafik ekspeditsiyalarini uyushtirib, yuzlab ashula, katta ashula, cholgʻu kuy va xalq qoʻshiqlarini (Fargʻona vodiysi, 1927, 1931), 350 dan ortiq turkman qoʻshiq va cholgʻu kuylarini (Turkmaniston, 1925, 1927, 1929) yozib olib nashr ettirgan: "Shashmaqom" (M., 1924), "Turkman musiqasi" (M., 1928), "Oʻzbek vokal muzikasi" (T., 1950) va b.