Zagreb: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
Qator 1:
'''Zagreb''' — Xorvatiya poytaxti. Sava daryosining chap sohilida joylashgan. Aholisi 707 ming kishidan ziyod (1990-y.
 
lar oʻrtalari). Markaziy va Gʻarbiy Yevropadan Adriatika dengizi va Bolqon ya. o.ga boradigan t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. 3. — Xorvatiyaning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Mashinasozlikning turli tarmoqlari (stanoksozlik, elektrotexnika buyumlari); kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar i. ch., shuningdek, neftni qayta ishlash, kimyo, poligrafiya, qurilish materiallari, yogʻochsozlik, qogʻoz, toʻqimachilik, koʻn poyabzal va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Z.da xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. Fanlar va sanʼat akade-miyasi, un-t (1669 y.dan), yadro fizikasi in-tiinstituti, oliy oʻquv yurtlari, yirik nashriyotlar, teatrlar, meʼmoriy va etnografik muzeylar, badiiy va hunarmandchilik muzeylari, kartinalar galereyasi bor.
 
3. tarixiy manbalarda dastlab 1094 y.dan tilga olingan. 16-a. oʻrtalaridan Xorvatiyaning bosh shahri. 1526—1918 y.larda (nem. Agram nomi b-n) Gabsburglar monarxiyasi tarkibida. .1918 y.dan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 y.dan Yugoslaviya) tarkibida, 1992 y.dan mustaqil Xorvatiya poytaxti.