Ajariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 1:
'''Ajariya''', Ajariya Muxtor Respu-blikasi— Gruziya Respublikasi tarki-bida. 1921 y. 16 iyulda tashkil topgan. Zakavkazening jan.-g‘arbida, Qora den-giz sohilida joylashgan. Mayd. 3 ming km2, aholisi — 385 ming kishiga yaqin (1999). A.da 5 tuman, 2 shahar, 7 shaharcha bor. Poytaxti — Batumi sh.Tabiati. A. dengiz sohili past-baland, boshqa joylari tog‘li. Turkiya bilan chegara bo‘ylab baland Shavshet tog‘ tizmasi o‘tadi. Mesxeti; Arsiyan tiz-malari ham bor. A. hududida 500 m gacha balandlikda iqlim subtropik, tog‘larda mo‘’tadil sovuq. Pasttekislikda yanv. ning o‘rtacha t-rasi 4°, 7°, iyulya a 20°, 23°, toglarda yanv.da — 2°, iyulda 16°. Yillik yog‘in miqdori ichki vodiylar-da 1000—1400 mm.sohilda 2400—2800 mm. Eng katta daryosi — Chorox; Batumi sh. yaqinida Qora dengizga quyiladi. Bu daryoning yuqori oqimi Turkiyada, uning irmog‘i — Ajarisskali Sharq-an G‘arbga butun mamlakatni kesib o‘tadi. Foydali qazilmalari: mis va polime-tall rudalar, oltingugurt kolchedani, o‘tga chidamli tuproqlar. Tup-oqlari tog‘larda tog‘-o‘tloq va tog‘-o‘rmon, dengiz sohilidagi tog‘ oldida qizil tuproq. Hududining 50% dan ko‘prog‘i o‘rmonlar bilan qoplangan. Tog‘ yon bag‘irlarida kash-tan, dub, grab, archa, pixta, dengiz bo‘y i da subtropik o‘simliklar (palma, mag-noliya va sh.k.) o‘sadi. Evkalipt, bambuk ham uchraydi. Kintrishi qo‘riqxonasi bor.Axolisi. A. da gruzin (ajar)lar, shu-ningdek ruslar, armanlar, ukrainlar va b. yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km2 ga 135,3 kishi. Aholining 48% shaharlarda istiqomat qiladi. Ajarlar tili gruzin tili lahjalaridan biri hisoblanadi. Yirik shaharlari: Batumi, Kobuleti.Tarixi. Mil. av. 6—2-a.larda A. Kol-xida podshohligi, so‘ngra G‘arbiy Gru-ziya davlati tarkibiga kirgan. 11—15-a.larda A. hududi birlashgan gruzin dav-latining bir qismi bo‘lgan. 16-a.ning 2-yarmida Gruziyaning zaiflashuvi sabab-li A.ni Turkiya bosib oldi va aholi ora-sida musulmon dinini tarqata boshla-di. 1877—78 y.gi Rossiya-Turkiya urushi natijasida A. Rossiyaga qo‘shib olindi. 19-a.ning 80-y.larida A. da sanoat ri-vojlana boshladi. 1897—1907 y.larda Boku — Batumi neft kuvuri yotqizildi. 1918 y. apr.da Batumi, Axalsixe, Ar-dagan va Guriyaning bir qismini turk qo‘shinlari, dek. da esa butun A.ni ingliz qo‘shinlari bosib oldi. 1920 y. iyulda ular hokimiyatni mensheviklarga top-shirdi. 1921 y. martda sovet hokimiyati o‘rnatildi. 1921 y. iyulda Gruziya SSR tarkibida Ajariya ASSR tuzildi. 1990 y. dek.dan A. Muxtor Respublikasi.Xo‘jaligi. Q.x. Ajariya iqtisodiyotining asosini tashkil kil ad i. Subtropik ziroatchiligi, ayniqsa sitrus mevalari yetishtirish rivoj-205langan. Makkajo‘xori asosiy q.x. ekini hisoblanadi. Bog‘dorchilik, tokchilik, ta-makichilik katta o‘rin oladi. 1949 y.dan A. ning butun sohil bo‘ylariga choy eki-la boshladi. Chorvachilik, parrandachi-lik, pillachilik, asalarichilik, sohilda baliqchilik bilan shug‘ullaniladi. Sano-at korxonalarining aksariyati Batumi sh.da joylashgan. Shaharning ko‘pchilik aholisi portda va Qora dengizning sharqiy sohilidagi neftni qayta ishlash zavodida ishlaydi. A.da mashinasozlik, ke-masozlik, taxta tilish, yog‘ochsozlik, faner va mebel f-kalari, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari, bir necha yirik choy f-kasi bor. Batumi kofein zavodi mashhur. Elektr energiyaning yagona mahalliy man-bai Ajarisskali GESi, shuningdek bir necha issiqlik elektr st-yalaridir. A. hududidan Batumi — Boku t.y.. Batumi — Samtredia, Batumi — Axalsixe avto-mobil yo‘li o‘tadi. Asosiy dengiz porti — Batumi sh. A.da Batumi, Maxinjauri, Sihisdziri, Beshumi, Kobuleti, Yashil Burun kurortlari bor. A. chetga neft mahsulotlari, yangi va konservalangan sitrus mevalar, choy, ho‘l meva, uzum, tung va efir moylari, tamaki mahsulotlari, choy va vino sanoati uchun asbob-uskuna, faner, mebel chiqaradi. Chetdan metall, asbob-uskuna, qurilish materiallari, un, to‘qimachilik mahsulotlari oladi. Madaniyati. A. da barcha turdagi umu-miy ta’lim maktablarida 65 mingdan ortiq o‘quvchi o‘qiydi. O‘rta maxsus o‘quv yurtlari, Batumi dengizchilik akademi-yasi, Batumi un-tiuniversiteti, Batumi politexni-ka instituti, akvarium, delfinariy, i.t. muassasalari, botanika bog‘i, ommaviy kutubxonalar, klub muassasalari, kino qurilmalar bor. Gruzin va rus tilla-rida gaz. chiqadi. Radioeshittirishi va retranslyatsiya teleko‘rsatuvi mavjud. A. adabiyoti — gruzin adabiyotining tar-kibiy qismi. Yozuvchilardan M. Varsha-nidze, 3. Gorgiladze, P. Loriya, N. Ma-lazoniya, Sh. Rokva, P. Rurua, F. Xalva-shi, G. Salukvadze, A. Shervashidze va b. uni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. A. me’morlik obidalari: Go-niadagi qal’a, Vizantiya davridan qolgan Sihisdziridagi Petr qal’a-shahri (6-a. da asos solingan), Tamarissixe qal’asi, Sxaltdagi ibodatxona (13-a.), Maxunse-ti, Dandalo, Saputkretidagi bir arkali ko‘priklar va b. A. da qadimdan amaliy bezak san’ati (yog‘och o‘ymakorligi, zarb qilish, kashtachilik) rivojlangan. Key-ingi yillarda professional san’at o‘sdi (rassomlar Sh. Xoluashvili, S. Artme-ladze, X. Inaishvili; haykaltaroshlar T. Chanturia, M. Bolkvadze va b.). Batumi-da Davlat qo‘shiq va raqs ansambli, xalq ijodi uyi, musiqa xoreografiya jamiyati bor. 1937 y.dan Batumida I. Chavchavadze nomidagi teatr ishlab turibdi. Teat-rdagi Yu. Kobaladze, A. Mgeladze, N. Te-tradze kabi mashhur artistlarning ijo-di diqqatga sazovor. 1980 y.dan qo‘g‘irchoq teatri, 1993 y.dan opera teatri ishlay-di. Batumi sh.dagi o‘lkashunoslik muzey-ida A. aholisi etnografiyasiga oid buyum va ashyolar mavjud.
 
== Adabiyotlar ==