Vasiliy Bartold: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 1:
'''Bartold Vasiliy Vladimirovich''' (1869.3(15).11 -Peterburg- 1930.19.8) — sharqshunos. Rossiya FAning akad. (1913). Peterburg un-tiuniversiteti sharq tillari f-tini tamomlagan (1891). B. Oʻrta Osiyoga birinchi marta 1893 y.da kelgan. Keyinchalik bir necha bor Toshkentda boʻlgan. Toshkentdagi Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkilotchilaridan biri. U FA sharqshunoslar kollegiyasining doimiy raisi, Turkiston xalq untining faxriy aʼzosi (1918), Turkshunoslik qoʻmitasining rahbari (1928—30). Moddiy madaniyat tarixi Davlat akademiyasi raisi oʻrinbosari, "Eron" ilmiy jur.ning muharriri. B. Yaqin, Oʻrta Sharq, ayniqsa Oʻrta Osiyo va Arab xalifaligi, islom tarixi, turkiy xalqlar tarixi, filol. va etnografiyasi, Afgʻonistan, Eron, Zakavkazye va qisman Xitoy tarixiga ona asarlar yozgan. Nashr qilingan 685 asaridan 320 tasi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan. B. Shoʻro Sharqidagi xalqlarniig alifbosini arabchadan lotinchaga oʻtkazishda faol qatnashdi. Uning koʻpgina asarlari oʻzbek, tatar, qirgʻiz, turk, fors, arab, ingliz, nemis va fransuz tillarida nashr qilingan. "Islom ensiklopediyasi"da 246 maqolasi bilan qatnashgan. B. Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, etn.si va psixologiyasini chuqur oʻrgangan olim boʻlsada, Turkiston xalqi madaniyatini obʼyektiv va haqqoniy baholay olmadi, maʼlum darajada uni kamsitdi. Bu uning "Ulugʻbek va uning davri" asarida aniq seziladi. Chunki B. chor Rossiyasi mustamlakachiligining ideologi edi, u yevropaliklarning osiyoliklardan ustunligi gʻoyasini olgʻa surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi.
 
== Manbalar ==