Belgiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 86:
1993 i. B. poytaxti Bryussel sh.da UzR elchixonasi ochilgach, ikkala mamlakat urtasidagi rasmiy munosabatlar amaliy asosga oʻtkazildi. 1996 y. iyunda B. delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Delegatsiya aʼzolarining Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvlari vaqtida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va B. ishbilarmonlari vakillarining biznes seminari ham boʻlib oʻtdi. OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning 1996 y. 12—14 poyab. da B. qirolligiga qilgan rasmiy tashrifidan soʻng ikkala mamlakat urtasidagi munosabatlar yangi pogʻonaga koʻtarildi. Tashrif davomida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan B.ning "Jeneral" banki oʻrtasida kredit bitami imzolandi. UzR Prezidenta bilan Belgiya bosh vaziri oʻrtasida imzolangan qoʻshma siyosiy Deklaratsiyada ikkala davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun xuquqiy iyegiz yaratildi. Oʻzbekiston bilan B. qirolligi urtasidagi muzoqaralar yakunida ikkiyoqlama soliq toʻlamaslik va daromad hamda sarmoyalarga soliq tulashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida konvensiya, shuningdek havo yoʻli toʻfisida bitim imzolandi. Mana shular natijasida ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy munosabatlar rivojlana boshladi. Toshkentda B. uch firmasining vakolatxonalari ochildi. B.lik tadbirkorlar bilan birgalikda tuzilgan "Vita", "Assekan LTD", "Sellyuloza interprayz" qoʻshma korxonalari binokorlik materiallari, xalq isteʼmol mollari i.ch., qishloqxoʻjalikxom ashyosini kayta ishlash bilan shugʻullanmoqda. 1996 y.dan ikki mamlakat urtasidagi tovar aylanmasi kupaya boshladi. Oʻzbekiston bilan B. oʻrtasida toʻqimachilik sanoati, q.x., qurilish, sayyohlik, bank tarmogʻi. yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash kabi sohalarda hamkorlik qilish istiqbollari ochilmoqda.
 
1994 y.da Oʻzbekiston delegatsiyasi (uning tarkibida viloyatlar va tumanlarning hokimlari bor edi) B.da boʻldi. Tashrif chogʻida yengil sanoat sohasida B.ning yuksak texnika va texnologiyaga ega boʻlgan yirik firmalari bilan hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi va aniq tadbirlar kelishib olindi. 1997 y. may oyida B. un-tiuniversiteti huzuridagi Yevropa siyosati in-tining direktori Lyuvyen Kstlin MelfliʼToshkentga kelganida UzR Adliya vazirligida mamlakatimiz huquqiy taʼlim muassasalarining faoliyatini yaxshilash maqsadida Yevropadagi bir qancha mamlakatlar hukuqshunos olimlari bilan hamkorlik qilish haqida kslishib olindi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->