Dogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 123:
Sogʻliqni saqlash. D.da 10 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar, ambulatoriya-poliklinika yordami koʻrsatadigan muassasa, 7,7 ming vrach (10 ming kishiga 40,1 vrach) ishlaydi. Bir necha sanatoriy va dam olish uyi, 100 ga yaqin shifobaxsh suv manbai, Talgi kurorti hamda Maxachkala, Richalsuv, Gunib, Buynaksk kabi oromgohlar bor.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 295 maktabgacha tarbiya muassasasida 308 mingga yaqin bola tarbiyalanadi. 1589 umumiy taʼlim maktabi (395 ming oʻquvchi), 27 ta maxsus oʻquv yurti (20,8 ming oʻquvchi) bor. 5 oliy oʻquv yurti, jumladan Dogʻiston un-tiuniversiteti (1957 y. tashkil etilgan; 8 mingga yaqin talaba)da 27,3 ming talaba oʻqiydi. 842 ommaviy kutubxona (6,4 mln. kitob va jur.), 1066 klub muassasasi, 8 muzey (jumladan, Maxachkaladagi tasviriy sanʼat muzeyi, S. Stalskiy uy-muzeyi va b.), 7 teatr, 898 kino kurilma bor. D.da 20 i. t. muassasasi ishlaydi.
 
Adabiyoti — koʻp tilli (avar, lazgin, tat, noʻgʻay va b.). D. xalqlarining qad. qoʻshiklari, yodnomalari, ertak, afsona, maqol va hikmatli soʻzlari bu adabiyotning yaratilishiga asos boʻlgan. Lakcha "Partu Patima", "Nodirshox.ning tormor etilishi haqida", avarcha "Xochbar haqida qoʻshiq", qoʻmiqcha "Oygʻozi haqida qoʻshiq" kabi qoʻshiqlarda xalqlarning jabr-zulmga va Eron bosqinchilariga qarshi kurashi kuylanadi. 17—18-a.