Ekvador: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 30:
T.y. uzunligi 0,97 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 43,1 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 504 ming t dedveyt. Yirik portlari: Guayakil, Balao, Esmeraldas. Kito va Guayakidda xalqaro aeroportlar bor. E. chetga neft va neft mahsulotlari, banan, krevetka, kofe, baliq, kakao, shakar chiqaradi. Chetdan sanoat xom ashyosi va yarim fabrikatlar, mashina va jihozlar, qogʻoz, karton, oziq-ovqat oladi. Tashqi savdoda AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — AQSH dollari.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madannymaʼrifiy muassasalari. E.da vrachlar 5 tibbiyot oliy maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻqish muddati 12 yil (boshlangʻich maktabda 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil). Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham faoliyat yuritadi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 20 oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Kito shahrida Markaziy va Katolik untlar, Kuenka shahridagi unt. E. akademiyasi, Kito shahridagi tibbiyot fanlari akademiyasi va 20 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatlarda ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Kutubxonalari: Markaziy unt, Kito shahridagi milliy va munitsipal, Kuenka shahridagi un-tuniversitet va munitsipal kutubxonalar. Muzeylari: Mustamlaka sanʼati muzeyi, shahar ‘sanʼat va tarix muzeyi, arxeologiya va etn. muzeyi, antropologiya muzeyi, geol. muzeyi (hammasi Kito shahrida). Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi E.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Bandera roxa" ("Qizil bayroq", nazariy jur., 1940-y.larda asos solingan), "Vistaso" ("Sharq", 1 oyda 2 marta chiqadigan jur., 1957 ydan), "Komersio" ("Savdo", kundalik gaz., 1906 ydan), "Letras del Ekuador" ("Ekvador adabiyoti", oylik adabiy jur., 1944 yildan), "Oy" ("Bugun", kundalik gaz., 1982 yildan), "Pueblo" ("Xalq", haftalik gaz., 1946 yildan), "Ultimas notisias" ("Soʻnggi xabarlar", kundalik oqshom gaz., 1938 yildan), "Universo" ("Koinot", kundalik gaz., 1921 yildan), "Ekspreso" ("Ekspress", kundalik gaz., 1973 ydan). Ekuapress, davlat axborot agentligi, 1982 yil tashkil etilgan. "Asosiason ekuatoriana de radiodifuson", radiostyalar uyushmasi. 300 ga yaqin tijorat radio st-ya faoliyat yuritadi. Bir qancha tijorat televideniye xizmati, jumladan, "Korporason ekuatoriana de televison" (1967 yil tuzilgan) xizmati mavjud.
 
Adabiyoti ispan tilida rivojlanmoqda. Mustamlakachilik davri (16-asr boshi — 19-asr boshi)da tarixiy va diniy asar hamda sheʼrlar yaratildi. Mustaqillik uchun urush yillari "Xunin davridagi gʻalaba. Bolivarga qoʻshiq" odasi muallifi X.X.Olmedo samarali ijod qiddi. 19-asrning 30-y.laridan asr oxirigacha nasrda romantizm hukmronlik qildi (X.L.Merining "Kumanda" romani, 1825). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida sheʼriyat modernizm ruhida rivojlandi, nasrda naturalizm taʼsiri sezildi. X.Ikas va 20-asrning boshqa yozuvchilari irqiy kamsitish sharoitida indeys va metislarning ijtimoiy fojiasini aks etgirdilar. X. dela Kuadra, X. Galyegos Lara, E.Xil Xilbert, A.Parexa Diyeskanseko, D.Agilera Malta, P.X.Vera va boshqalar yozuvchilar, X.Karrera Andrade, X.E.Adoum va boshqalar shoirlar oʻz asarlarida xalqning haqqoniy turmushini, uning ijtimoiy ziddiyatlarini keng yoritdilar.