Estoniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 34:
Vrachlar Tartu un^ tining tibbiyot ftida, oʻrta tibbiyot xodimlari Tallin, Tartu, KoxtlaYarvedagi tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Pyarnu shahrida iqlim va balchiq, Xaapsulada balchiq, NarvaYiesuu va Kuressaare shahrilarida iqlim kurortlari bor. Bundan tashqari, bir qancha sanatoriy va dam olish uylari mavjud.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. E. hududida dastlabki maktablar 13—14-asrlarda monastirlar qoshida paydo boʻlgan. E.da majburiy 8 yillik taʼlim joriy etilgan. Mamlakatdagi 600 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 30 dan ziyod oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 200 mingdan ortiq oʻquvchi, 6 oliy oʻquv yurti (Tartu universiteti, Tallin texnika unti, Tallin ped. instituti, E. teologiya inti, Estoniya q.x. akademiyasi, konservatoriya)da 20 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. I.t. lar Estoniya fanlar akademiyasi in-t va ilmiy muassasalarida olib boriladi. Shuningdek, qurilish, oʻrmon xoʻjaligi va tabiatni muhofaza qilish, pedagogika ilmiy tekshirish institutlari ham mavjud. E.da 700 ga yaqin kutubxona bor. Yiriklari: Tallindagi Davlat kutubxonasi, Tartu un-tiuniversiteti ilmiy kutubxonasi, Tallindagi ilmiytexnika kutubxonasi. 60 ga yaqin muzey mavjud. Yiriklari: Tallindagi Kardiorg saroyi, Pyotr 1 uymuzeyi, Tarixiy muzey, oʻlkashunoslik muzeyi, Tartudagi shahar tarixi muzeyi, un-tuniversitet tarixi muzeyi, adabiyot muzeyi, O.Luts uymuzeyi, Virudagi F.R.Kreysvald uymuzeyi, KoxtlaYarvedagi slanets muzeyi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. E.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: "Kultuur ya elyu" ("Madaniyat va hayot", eston tilidagi oylik jur, 1858 yildan), "Maalext" ("Mamlakat", eston tilidagi haftanoma, 1987 yildan), "Molodej Estonii" ("Estoniya yoshlari", rus tilidagi kundalik gaz., 1950 yildan), "Raxva xyayal" ("Xalq ovozi"), eston tilidagi kundalik gaz., 1940 yildan), "Estoniya" (rus tilida haftada 5 marta chiqadigan gaz., 1940 yildan), "Eesti nayni" ("Estoniya xotin-qizlari", eston tilidagi oylik jur., 1924 yildan), "Eesti ekspress" ("Estoniya ekspressi", eston tilidagi haftanoma, 1989 yildan). ETA, Estoniya telegraf agentligi, 1918 yil tashkil etilgan; Boltiq yangiliklar xizmati, xususiy axborot agentligi, 1990 yil tuzilgan. E. radiosiga 1926 yil, E. televideniyesiga 1955 yil asos solingan.
Qator 46:
 
== Meʼmorligi ==
E. hududidagi qadimiy meʼmorlik inshootlari mil. av. 3 va 2-ming yilliklarga taalluqli. Mil. av. 1-ming yillikda mustahkamlangan shaharchalar (Asva, Iru, Ridala), mil. 1-ming yillik boshlarida esa qishloqlar paydo boʻddi. 13-asrdan tosh meʼmorligi, xususan, qalʼalar (Tallindagi Vishgorod qalʼasi, 13—14-asrlar), mustahkamlangan cherkovlar (Valyala, 13-asr; Karya, 14-asr) qurish avj oldi. 14-asrdan gotika uslubida cherkov, ratushalar barpo etildi. 16-asrning 1-yarmida Uygʻonish davri yoʻnalishlari ham paydo boʻddi. 1640-y.larda E. meʼmorligiga barokko uslubi kirib kela boshladi [Narvadagi ratusha (1670) va birja (1704); Tallindagi Kadriorg saroybogʻ majmuasi (1718—25, meʼmorlar N.Miketti, M.Zemsov)]. Klassitsizm uslubi davrida jamoat binolari (Tartu un-tiuniversiteti binosi, 1803—09, meʼmor I.Krauze) va qoʻrgʻonlar qurildi. 19-asr 2-yarmi meʼmorlikda eklektizm, 20-asr boshlarida modern (milliy romantik yoʻnalish bilan), funksionalizm yoyildi. 1960-y.
 
lardan boshlab yangi turar joy majmualari qurildi [Tallindagi Mustamyae (1961 yildan, meʼmorlar V.Tippel, L.Pettay va boshqalar), VyaykeIysmyae (1973 yildan, meʼmorlar M.Port, M. Meelak va boshqalar) massivlari]. Qishloq qurilishi rivojlandi (Yanedas sztexnikumining oʻquv korpusi, 1974, meʼmor V.Pormeyster; Viru tumanidagi "Linda" kzi idorasi, 1972, meʼmor T.Reyn), turar joy va jamoat binolari barpo etildi [Tallinda "Viru" (1972, meʼmorlar X.Sepmann, M.Port va boshqalar) va "Olimpiya" (1980, meʼmorlar T.Kallas, R.Kersten va boshqalar) mehmonxonalari, Parus sporti markazi (1980, meʼmorlar X. Sepmann, P.Yanes, X.Looveer va boshqalar), Madaniyat va sport saroyi (1980 — 81, meʼmorlar R.Karp, R.Altmyae va boshqalar), Tartuda "Vanemuyne" teatri (1967—70, meʼmorlar A.Volberg , P.Tarvas, U.Telpus va boshqalar)].