Gayana: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 24:
Sanoatidagi rivojlanish foydali qazilmalar, avvalo boksit, shuningdek oltin, olmos, marganes qazib olish b-n bogʻliq. Iqgisodiyotning asosiy tarmoqlari davlat nazoratiga olingan. Elektr energetikada issiqlik elektr st-yalari ustun. Bir yilda 219 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. I.ch. sanoati zaif rivojlangan. Asosiy tarmoqlari: qand-shakar, pivo, tamaki, yogʻochsozlik. G. romi jahonga mashhur. T.y. uz. — 88 km, avtomobil yoʻllari uz.— 7,2 ming km. Asosiy portlari: Jorjtaun, Nyu-Amsterdam. Chetga qand-shakar, boksit, sholi, olmos, rom, yogoch-taxta, oziq-ovqat mahsulotlari, alyuminiy oksidi chiqaradi. Chetdan turli mashinalar, neft mahsulotlari, transport vositalari, qurilish materiallari, sut mahsulotlari, un va gazlama oladi. Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada b-n savdo qila-di. Pul birligi — G. dollari.
 
Madaniyati. 6—14 yoshdagi bolalar uchun majburiy oʻqish yoʻlga qoʻyilgan. Taʼlimning hamma turlari — bepul. 6 y.lik boshlangʻich, 7 y.lik oʻrta maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, 2 kollej bor. Oʻqituvchilar Jorjtaundagi ped. kollejida va 2 oʻquv markazida tayyorlanadi. Ilmiy markazlari: G. jamiyati, Amerika axborot markazi, G. xalqaro munosabatlar in-ti va b. Jorjtaun un-tiuniversiteti, Milliy kutubxona, G. muzeyi mavjud. G.da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.
 
lar: "Voys of leybor" ("Mehnat sadosi", gaz., 1980 y.dan), "Gayana kronikl" ("Gayana axboroti, kundalik gaz., 1881 y.dan), "Mirror" ("Koʻzgu", haftalik gaz., 1962 y.dan), "Nyu neyshn" ("Yangi millat", haftalik gaz., 1955 y.dan), "Sander" ("Momaqaldiroq", har chorakda chiqadigan jur., 1950 y.dan), "Sandi kronikl" ("Yakshanba axboroti", haftanoma, 1881 y.dan). G. ijtimoiy aloqalar agentligi hukumat axborot xizmati boʻlib, u 1989 y.da tuzilgan. "Gayana brodkasting korporeyshn" hukumat radioeshittirish xizmati 1979 y.da tashkil etilgan. "Gayana televijn" hukumat telexizmati 1993 y.da tuzilgan.