Kalkutta — versiyalar orasidagi farq

14 bayt qoʻshildi ,  7 yil oldin
k
un-t → universitet
k (un-t → universitet)
K.ga 1686—90 y.larda Angliyaning OstIndiya kompaniyasi asos solgan. Shahar kompaniyaning faktoriyasi va Uilyam forti atrofida qurila boshladi. Fort atrofidagi 3 qishloqdan birining nomi b-n K. (Kaligat) deb atalgan. 1757 y. 23 iyulda K.dan shimolrokda joylashgan Plessi qishlogʻi yonida boʻlib oʻtgan jangda inglizlar (800 ingliz askari va 2200 sipohi) Bengaliya navobi Siroj ud-Davlaning 68 ming kishilik qoʻshinini tor-mor etdilar. Oʻsha jangdan soʻng Hindistonda Britaniya mustamlakachi imperiyasi oʻrnatila boshladi, K. esa uning maʼmuriy markazi boʻlib qoldi. 1773—1911 y.larda shahar Hindistondagi ingliz mustamlaka maʼmuriyatining eng katta sanoat, savdo, moliya va madaniy markazi edi. 19-a. oʻrtalarida K.da choy, toʻqimachilik va jut sanoatining yirik f-ka va z-dlari qurildi. 1911 y.da Britaniya Hindistoni poytaxtining Dehliga koʻchirilishi b-n K. oʻzining avvalgi mavqeini yoʻqotdi.
 
K.da 2 ta un-tuniversitet (jumladan, Kalkutta universiteti) va b. oliy oʻquv yurtlari, i. t. muassasalari, Milliy kutubxona (1912), Hind muzeyi (1814), Viktoriya muzeyi (1906), botanika bogʻi, rasadxona bor. Qalʼa (Uilyam forti, 1696—1781) saqlangan. K.ning tarixiy markazi boʻlgan bu qalʼa shaharni ikkiga — hukumat binolari, un-tuniversitet, hashamatli uy-joylar va sanoat, savdo korxonalari, ishchilar mahallalari joylashgan qismlarga boʻlib turadi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
516 159

ta tahrir